Sug‘urtalovchilar moliyasini tashkil qilishning umumiy tamoyillari


Download 66.39 Kb.
bet6/7
Sana20.10.2023
Hajmi66.39 Kb.
#1712171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 sug\'urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi

Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta shartnomalarini tuzish maqsadida amalga oshiriladi. Ularga akvizitsion komissiya, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa xarajatlar kiradi. Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta turlari joriy qilinib qo‘llanilayotganda tez o‘sib boradi.
Inkassa xarajatlari – bu sug‘urta tashkiloti xodimlarining sug‘urta to‘lovlari yig‘ganlik va sug‘urtalanuvchilarga xizmat ko‘rsatganliklari uchun mehnatiga haq to‘lash xarajatlari. Inkassa xarajatlari brutto-stavkadan komission tamoyillarda foizlar bo‘yicha hisoblanadi.
Bartaraf (likvidatsiya) qilish xarajatlari odatda bevosita xarajat hisoblanadi va sug‘urta hodisasi ro‘y bergandan so‘ng amalga oshiriladi. Boshqa bevosita xarajatlar singari ular konkret sug‘urta turiga tegishli bo‘ladi. Bunday xarajatlar tarkibiga mazkur holat bilan bog‘liq bartaraf qiluvchi va ekspertni sug‘urta hodisasi ro‘y bergan joyga borish-kelish yo‘l xarajatlari, ekspertlarni rag‘batlantirish xarajatlari, sud xarajatlari va boshqalar kiradi.
Boshqaruv xarajatlari o‘z tarkibiga sug‘urta tashkilotining ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari va sug‘urtani rivojlantirish xarajatlarini oladi.
4. Tayanch iboralar.


Aktuar hisob-kitoblar – tarif stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-matematik va ehtimolli-statistik usullari yig‘indisi.
Aksionerlik sug‘urta kompaniyasi – aksiyalarni sotish yo‘li bilan ta’sis etilgan sug‘urta tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli.
Vositachilar – bu sug‘urtalanuvchilar bilan yaqin bo‘lgan va sug‘urta xizmatlari bozori kon’yunkturasi o‘zgarishiga operativ moslashuvchi shaxslar.
Ixtiyoriy sug‘urta - tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta munosabatlari.
Litsenziya - muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjat.
Majburiy sug‘urta – sug‘urta shakllaridan biri bo‘lib, unda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida sug‘urta munosabatlari qonun kuchida yuzaga keladi.

Download 66.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling