Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari hamda asosiy atama va tushunchalar reja


Download 28.1 Kb.
bet5/7
Sana11.03.2023
Hajmi28.1 Kb.
#1258367
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sug

Sug‘urta mukofoti- sug‘urta xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan haq. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida ko‘rsatiladi.
Sug‘urta puli - sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining bir qismini oladi.
Sug‘urta ob’ekti - shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, mehnat qobiliyati bilan bog‘liq manfaati; mulkiy sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlashga bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaati; jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik maspuliyati - maspuliyatni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug‘urta ob’ekti sug‘urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin.
Sug‘urta shartnomasi - ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasida tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.

Download 28.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling