Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari


Download 23.39 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.39 Kb.
#1056904
1   2   3   4   5
Bog'liq
sugurta

1-Mavzu : Sug’urtaning iqtisodiy moxiyati va axamiyati.
Reja:
1. Sug’urtaning iqtisodiy moxiyati va funktsiyalari.
2. Sug’urtani turkumlashtirish asoslari.
3. Sug’urta bozori va uning tarkibiy tuzilishi
1.Sug’urtaning iqtisodiy moxiyati va funktsiyalari.
Sug’urtani ijtimoiy munosabatlar tarixiy kategoriyalaridan biridir. U jamiyat
qurilishining ilk davrlaridan yuzaga kelib, asta-sekin ijtimoiy ishlab chiqarishning
ajralmas xamroxiga aylandi. Sug’urta iborasining birlamchi ma`nosi "qo’rquv"
("strax") so’zi bilan bog’liqdir. Mulk egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish
munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkning saqlanishiga, tabiiy ofatlar, yong’in,
o’g’irlik va ijtimoiy xayotning boshqa ko’zda tutilmagan xavf xatarlari natijasida
yakson bo’lishi yoki yo’qotilishiga nisbatan qo’rquv xis etganlar. Ijtimoiy ishlab
chiqarishning tavakkalchilik xarakteri bu mulk egasi va tovar ishlab
chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishning asosiy sababchisidir.
SHu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o’rtasida birgalikda qoplash
g’oyasi yuzaga keldi. Rivojlangan jamiyat sharoitida sug’urta mulkchilikning
barcha shakllarini, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa
manfaatlari ximoyasining asosiy vositasiga aylandi. Sug’urta - ishlab chiqarish
munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi
moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Normal ishlab chiqarish jarayonining
muxim sharti uning uzluksizligi va to’xtovsizligi xisoblanadi. Ishlab chiqarishning
doimo yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda,
shu jumladan rivojlangan jamiyatda xam mavjud extiyojlarini qondirish uchun
zarurdir.
Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa
favqulotda xodisalarning salbiy oqibatlari ta`sirida to’xtasa yoki buzilsa, u xolda
jamiyat avvalo turli xil oldini olish karatilgan tadbirlarini amalga oshirishga,
mabodo ular ko’zlangan natijani bermasa, u xolda etkazilgan moddiy zararni
qoplashga, ish kuchini ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga
majbur bo’ladi.
Inson va tabiat o’rtasidagi qarama qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab
chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa
ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish xamda etkazilgan zararni
yuzaga keltiradi. Bu ob`ektiv munosabatlar insonlarning erishgan xayot darajasini
saqlab qolishga bo’lgan real va mavjud extiyojini aks ettiradi. Mazko’r
munosabatlarni aloxida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig’indisi ijtimoiy
ishlab chiqarishning sug’urtaviy ximoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashqil etadi.
Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasining tarkibiy qismi
xisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq
bo’lsa, sug’urta esa faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarigina qamrab oladiSug’urtaning xususiyatlarini olib boruvchi belgilarni quyidagicha
keltirishimiz mumkin:
1. Sug’urtada to’satdan, oldindan ko’zda tutilmagan va yozib bo’lmaydigan
xolatlar, ya`ni sug’urta xodisalari extimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta
taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi:
2. Sug’urtada ko’rilgan zararni sug’urta ishtirokchilari, ya`ni
sug’urtalanuvchilar o’rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash
usuli zarar ko’ruvchi xo’jaliklar soni sug’urta ishtirokchilari sonidan kam bo’lishi

Download 23.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling