Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari


Download 23.39 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.39 Kb.
#1056904
1   2   3   4   5
Bog'liq
sugurta

extimolligiga asoslanadi, ayniqsa ishtirokchilar soni etarli bo’lganda.
Zararni bunday qoplashni tashqil qilish uchun maqsadli yo’naltirilgan
sug’urta fondi tashqil qilinadi. Bu fond sug’urta ishtirokchilarining bazalari
xisobidan shakllantiriladi.
Sug’urta fondining mablag’lari faqatgina uni tashqil
qilganlar o’rtasida ishlatiladi, sug’urta bazasining xajmi esa xar bir qatnashchining
zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. SHuning uchun, sug’urta
qatnashchilarining doirasi qanchalik keng bo’lsa, sug’urta bazasining xajmi
shuncha oz va sug’urta xam samarali bo’ladi.
3. Sug’urta zararni qoplashni xududiy birlik va ma`lum vaqt davomida
amalga oshirishni ko’zda tutadi. Bunda yil davomida sug’urtalanuvchilar o’rtasida
sug’urta fondini xududlar bo’yicha samarali qayta taqsimlash uchun etarli katta
xudud va sug’urtalashga tegishli ob`ektlar talab qilinadi.
Sug’urtaning iqtisodiy moxiyatiga uning funktsiyalari mos keladi.
Sug’urtaning to’rtta funtsiyasi mavjud:
1. Tavakkalchilik
2. Oldini olish
3. Jamg’arish
4. Nazorat
Tavakkalchilik funktsiyasining amal qilishi davomida sug’urta ishtirokchilari
o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan sug’urta xodisalari oqibatlari bog’liq pul
shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi ro’y beradi.
Oldini olish funktsiyasi sug’urta fondi mablag’larining bir qismi xisobidan
sug’urta tavakkalchiligini kamaytirish bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishga
yo’naltirilgan kamaytirish bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan.
Xayot sug’urtasida sug’urta kategoriyasi kredit kategoriyasi bilan xayotni
ma`lum muddatgacha sug’urtalash shartnomalari bo’yicha mablag’larni
jamg’arishda ancha yaqinlashadi. Xayot sug’urtasi orqali pul mablag’larini
jamg’arish oilaviy sharoitida sug’urtaviy ximoyaga bo’lgan extiyoj bilan
bog’liqdir.
Sug’urtaning nazorat funktsiyasi sug’urta fondining ka`tiy maqsadli
shakllantirilishi va uning mablag’laridan tug’ri foydalanishidan iborat. Mazko’r
funktsiya yuqoridagi o’z-o’ziga xos funktsiyalardan kelib chiqadi va konkret
sug’urta munosabatlarda ular bilan birga namoyon bo’ladi. Sug’urta
ixtisoslashtirilgan sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Ularning
faoliyat doirasi ichki, tashqi yoki aralash sug’urta bozorlarini qamrab olgan
bo’lishi mumkin. SHu bilan birga rivojlangan sug’urta bozori sharoitida xam
davlat ichkarisida, xam chetda amalga oshirilishi mumkin. Bu sug’urtaning
tashqiliy turkumlanishidir. Ammo, sug’urta munosabatlarining mazmuni sug’urta
ob`ekti va xavf-xatari turlari bo’yicha turkumlanishi yordamida namoyon bo’ladi.
Sug’urta sug’urtalanuvchilarning turli toifalarini qamrab oladi.
Uning shartlari sug’urta mas`uliyatining xajmlari bo’yicha farq qiladi: u
qonun kuchida va ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin.
2. Sug’urta turkumlashtirish asoslari.
Sug’urta munosabatlarining turlichaligining tartibga solish va o’zaro bog’liq
yagona tizimini shakllantirish uchun sug’urtani turkumlash zarurdir.
Sug’urtani soxalarga bo’lish asosida ularning ob`ektlari bo’yicha
farqlanishi yotadi. Bu omilga mos ravishda barcha sug’urta munosabatlari
yig’indisini to’rtta tarmoqga bo’lish mumkin.
1. Mulkiy sug’urta
2. SHaxsiy sug’urta
3. Javobgarlik sug’urta
4. Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi.
Mulkiy sug’urta ob`ekti bo’lib moddiy qiymatliklar xisoblanadi. SHaxsiy
sug’urtada- fuqarolarning xayoti, sog’ligi, mexnat qobiliyati. Javobgarlik

Download 23.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling