Sulaymonova Gulhayo 1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my gov uz dan amaliyotda foydalanish


Download 491.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.02.2023
Hajmi491.49 Kb.
#1201675
Bog'liq
1-amaliy.G



Sulaymonova Gulhayo 
1-Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz dan amaliyotda 
foydalanish 
 
Ishdan maqsad: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini amalda 
qo’llash. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, interaktiv davlat xizmatlaridan 
foydalanish. 
Nazariy ma’lumot 
Yagona portal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 
dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda Internet 
tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 378-son qarori aosida tashqil etilgan 
hamda mazkur Qaror bilan qabul qilingan Nizomga ko’ra faoliyat yuritadi. 
my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yilning 1 iyul 
kuni ishga tushirilgan bo’lib, Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining 
Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko’rsatadi. 
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli 
asosda ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona 
nuqtasi hisoblanadi. 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maqsadi fuqarolarga 
interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatishdir. U yagona oyna rejimida faoliyat 
ko’rsatadi. Yagona portal zamonaviy texnologiya yordamida foydalanuvchining 
interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun 
mo’ljallangan.
Uning vazifalari:
- foydalanuvchilarga davlat organlariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun 
imkoniyat berish;
- foydalanuvchilarni AKT sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash
- foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi samaradorligini 
oshirish;
- davlat organlariga murojaat qilinganda, foydalanuvchilar uchun byurokratik 
to’siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
- “elektron hukumat”ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy 
AKT ni joriy etishda ko’maklashish. 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali quyidagi imkoniyatlarga ega:
- Davlat tashqilotlari va xizmatlariga oid ma’lumotlardan foydalanish.
- Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shakldagi so’rovlarni va boshqa 
hujjatlarni to’ldirish imkoniyati.
- Davlat xizmatidan foydalanish uchun so’rov (Ariza) yuborish.
- So’rovlarni ixtiyoriy paytda va manzildan yuborish.
- So’rov qabul qilinishi uchun navbatda turish zarurati bo’lmaydi. 
- So’rovni yuboruvchi arizasining bajarilishiga oid ma’lumotlar- dan ixtiyoriy 
paytda xabardor bo’lish imkoniyati.
- Davlat xizmatlari berilishi haqidagi so’rovni berish.


Sulaymonova Gulhayo 
 
 
 
 
 


Sulaymonova Gulhayo 
 
id.uz dan ro’yxatdan o’tish jarayoni 
 
 
 

Download 491.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling