Sulaymonova m. X
§2. Yer tuzish xizmatida mehnatni tashkil
Download 1,4 Mb. Pdf ko'rish
|
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT
§2. Yer tuzish xizmatida mehnatni tashkil
qilish shakllari va uslublari "Yergeodezkadastr" Davlat qo‘mitasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi. Qo‘mita raisi ayni bir vaqtda yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilinishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori hisoblanadi. Raisning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafari 34 birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. Raisning birinchi o‘rinbosari ayni bir vaqtda Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasining boshlig‘i hisoblanadi. Raisning o‘rinbosarlari ham ayni paytda bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadilar. Qo‘mita raisi qo‘mita faoliyatiga rahbarlik qiladi, o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, yo‘riqnomalarni, qoidalarni va boshqa normativ hujjatlarni tasdiqlaydi, ko‘rsatmalar beradi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni olib boradi. Bundan tashqari, xodimlarning belgilangan soni doirasida qo‘mitaning apparati, unga qarashli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, viloyat boshqarmalari, tuman xizmatlari shtat jadvalini tasdiqlaydi. Markaziy apparat hodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. Qo‘mita raisi o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi. Qo‘mitaning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, idoraviy mansub boshqa organlarning hamda qo‘mita tizimiga kiruvchi muassasalarning “Nizom” larini belgilangan tartibda tasdiqlaydi. Qo‘mita raisi qo‘mitani boshqaradi, xodimlarning operativ ishlarini bajarishini tashkil qiladi va shu bilan birga, jamoada ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Qo‘mita xodimlarining intizomi hamda mehnat qilishlari va dam olishlari asosan ichki qoidalar bilan tartibga solinadi. Boshqarish va tashkil qilishning bosh bo‘g‘ini qo‘mita boshqarmalari va bo‘linmalarining yillik bajaradigan ishlarni rejalashtirish hisoblanadi. Rejada malum davrda bajariladigan ishlar hamda uni bajarish yo‘llari ko‘rsatiladi. Qo‘mita o‘z nazorat funksiyasini ikki xil shaklda olib boradi, yani huquqiy meyorlarni qo‘llash va o‘rnatish. Qo‘mita tomonidan seminarlar o‘tkazish, statistik malumotlar to‘plash, instrukstajlar o‘tkazish, bo‘limlarga amaliy yordam berish kabi ishlar olib boriladi. Qo‘mita o‘z apparati doirasida ishlarni tashkil etish va uni amalga oshirishda iqtisodiy hamda huquqiy usullarni qo‘llaydi. Huquqiy usul asosan ikkiga, yani ishontirish va majburlashga bo‘linadi, huquqiy usulni qo‘llash yerlardan 35 foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha jamoa inspektorlar to‘g‘risidagi "Nizom"ga ko‘ra amalga oshiriladi. Qo‘mita loyiha tashkilotlari bilan birgalikda yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi ishlarini bajarilish texnologiyalari bo‘yicha vaqt meyorlarini va boshqa ko‘rsatmaviy hujjatlar, yo‘riqnomalar ishlab chiqadilar. Yer tuzish xizmatidagi mutaxassislarning malakalarini oshirish borasida tadbirlar olib boradilar. Download 1,4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling