Sulaymonova m. X
-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT
5-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QO‘MITASINING TARKIBI VA VAZIFALARI §1. Qo‘mitaning tarkibi, vazifalari va faoliyati Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tashkil qilish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo‘yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida"gi 2004 yil 15 oktyabrdagi PF – 3502-sonli Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 19 oktyabr 2004 yildagi 483-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasini Yer resurslari Davlat qo‘mitasi tarkibiga kiritish borasida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya 27 va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi tashkil qilindi. (Keyingi o‘rinlarda, "Yergeodezkadastr" Davlat qo‘mitasi deb ataladi). "Yergeodezkadastr" Davlat qo‘mitasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot bYeradi. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, o‘zining nizomiga amal qiladi. Shu yuzasidan "Yergeodezkadastr" Davlat qo‘mitasining boshqaruv apparati tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati keltiriladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling