Sulaymonova m. X


§4. Yer tuzish bo‘yicha loyiha va qidiruv ishlarining bosqichlari


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/46
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1550058
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bog'liq
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT

§4. Yer tuzish bo‘yicha loyiha va qidiruv ishlarining bosqichlari 
Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismlarga ajratilgan bo‘lagi bosqichlar 
deb aytiladi. Bosqich ishning tugallangan ma’lum bir qismi bo‘lib, u bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan elementlar yig‘indisidan iboratdir. U o‘zaro tashkiliy-texnikaviy 
munosabatda bo‘ladi. Yer tuzish bo‘yicha loyiha-qidiruv va boshqa ishlar o‘zining 
mazmuni, harakteri hamda vaqti va bajariladigan joyiga nisbatan bir qator 
xususiyatlarga ega. Shuning uchun ham bosqichlarga ajratilayotganda bajarish 
muddatlari hisobga olinishi kerak.
Bundan tashqari, ko‘p ish turlari qidiruv, loyihalash, texnik va chizma 
ishlarga bo‘linganligi, xattoki texnologik jarayonlarga, bajarilish joyiga va 
muddatiga bog‘liqligini bosqichlarga bo‘lishda hisobga olinishi kerak. 
Yer tuzish bo‘yicha loyiha ishlari quyidagi bosqichlar asosida o‘tkaziladi: 


21 

tayyorgarlik ishlari; 

loyihani tuzish; 

loyihani ko‘rib chiqish va tasdiqlash; 

loyihani joyiga ko‘chirish; 

yer tuzish hujjatlarini tayyorlash; 

loyihani amalga oshirish. 
 
§5. Yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlari bajaradigan ishlar tarkibi 
Ishlar tarkibi deganda, ishlarni guruhlarga, turlarga, turlarni bosqichlarga
bosqichlarni esa elementlarga bo‘linishi tushuniladi.
Yer tuzish, yer kadastri va yer monitoringi bo‘yicha loyiha – qidiruv ishlarini 
bajarishga sarflanadigan vaqt me’yorlarni aniqlash to‘plamida ishlar tarkibi 
bo‘yicha guruhlarga bo‘linishi keltirilgan, ular quyidagilardan iborat: 

bashoratlash ishlari (yerdan foydalanish va yer tuzish sxemalari); 

loyihalash ishlari (xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari
ishchi loyihalar); 

tekshiruv ishlari (tuproq, geobotanik); 

topografo-geodezik ishlar (syomka, chegaralarni tiklash, loyihani joyiga 
ko‘chirish); 

hisoblash ishlari; 

chizma-rasmiylashtirish ishlari. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling