Sulaymonova m. X


-BOB. YER TUZISH HARAKATLARI, ISHLAB CHIQARISH JARAYONI


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/46
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1550058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT

 
3-BOB. YER TUZISH HARAKATLARI, ISHLAB CHIQARISH JARAYONI 
VA YER TUZISH BO‘YICHA LOYIHA TASHKILOTLARI 
BAJARADIGAN ISHLAR TARKIBI 
 
§1.Yer tuzish harakatlari va ishlar tarkibi 
Yer tuzish bu davlat tadbiri bo‘lib, u iqtisodiy qonunlar asosida va xalq 
xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha davlatimiz qarorlari ostida olib boriladi. Hamma 
Yer tuzish ishlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bu ishlar davlat loyiha-
qidiruv tashkilotlari tomonidan bajariladi. Loyiha ishlari texnik-iqtisodiy hisoblarga 
asoslangan me’yorlar va me’yoriy ko‘rsatkichlarga tayangan holda bajariladi. Ko‘p 


16 
loyiha ishlarida huquqiy masalalar ham ko‘riladi. yer-hisob hujjatlarida ham 
bajarilgan ishlar ko‘proq o‘z aksini topadi. 
SHuning uchun ham yer tuzish loyihalari o‘zining mazmuni jihatidan 
muhandislik-iqtisodiy, shakli bo‘yicha esa, huquqiy va yer-hisob shaklida bo‘ladi. 
Yer tuzish bo‘yicha loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy 
ishlar tarkibi “Yer kodeksi” ning yer tuzish bobida keltirilgan. Shu bobda quyidagi 
Yer tuzish harakatlari keltirilgan: 
- yangi yerga egalik qiluvchilarni, yerdan foydalanuvchilarni, ijarachilarni, 
yer mulkdorlarini tashkil qilish va mavjudlarining yer uchastkalarini tartibga solish 
hamda yer uchastkalari noqulay bo‘lgan joylashuvini bartaraf etish bo‘yicha 
loyihalar tuzish; 
- yangi tashkil bo‘layotgan, qaytadan tiklanayotgan qishloq xo‘jalik 
korxonalariga, muassasalarga, tashkilotlarga yer ajratish bo‘yicha loyiha 
tayyorlash; 
- ovullar, qishloqlar, shahar tipidagi qishloqlar, tumanlar, shaharlar, 
viloyatlar chegaralarini joyda o‘rnatish; 
- davlat va jamoatchilik extiyojlari uchun korxona va muassasalarga, 
tashkilotlarga yer olib berish loyihalarini tuzish; 
- yer uchastkalarini joylashgan joyida ajratib berish, yerga egalik qilishga 
yoki foydalanishga, ijrada foydalanishga va ega bo‘lishga huquq beruvchi yuridik 
hujjatlar tayyorlash; 
- yerdan foydalanishni yaxshilash va ularni muhofaza qilish bo‘yicha ishchi 
loyihalar tuzish; 
- resurslarni baholash, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
bo‘yicha yer tuzish hujjatlarini tayyorlash; 
- yerlarni baholash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; 
- ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish; 
- yer kadastrini yuritish uchun topografo-geodezik, xarita, chizma, tuproq, 
geobotanik, dala qidiruv va boshqa tekshiruv ishlarini o‘tkazish. 


17 
Yer tuzish 4 ta asosiy turga bo‘linadi: 
- istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish
- loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzish; 
- xo‘jaliklararo yer tuzish; 
- ichki xo‘jalik yer tuzish. 
Bundan tashqari, yer tuzish tarkibiga topografiya, geodeziya, kartografiya, 
tuproq, agrokimyo, geobotanika va tarixiy-madaniy yo‘nalishda olib borish
tekshirish hamda izlanish ishlari kiradi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling