Sulaymonova m. X
Davlat kadastri boshqarmasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerdan foydalanish va yer tuzish boshqarmasi.
Davlat kadastri boshqarmasi. Boshqarma o‘zining mazkur "Nizomi"ga amal qilib faoliyat ko‘rsatadi. Boshqarma tarkibiga Davlat kadastrlari yagona tizimi bo‘limi, Davlat va yer kadastri bo‘limi hamda Bino va inshootlar davlat kadastri bo‘limlari kiradi. Boshqarma bevosita qo‘mita raisining davlat kadastri masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi. Boshqarmaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: - davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; - davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq, kadastr axborotlarini yig‘ish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi; - davlat Yer kadastrini yuritadi; - binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritadi; - davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritadi; - ilmiy-tadqiqot va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normativ- texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; - viloyatlar, tumanlar va aholi punktlarining ma’muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi; - foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta’minlaydi; - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va ko‘chmas mulkka doir bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi; 31 - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar, ularning bir huquq egasidan ikkinchisiga o‘tishi to‘g‘risidagi, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni chegaralash va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini tashkil qiladi. Yerdan foydalanish va yer tuzish boshqarmasi. Boshqarma o‘zining mazkur "Nizomi"ga amal qilib faoliyat ko‘rsatadi. Boshqarma tarkibiga yer munosabatlarini tartibga solish va yer tuzish bo‘limi, loyihalashdan oldingi, loyihalash ishlari va ekspertiza bo‘limi kiradi. Boshqarma bevosita nazorat qilish va yer tuzish masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosariga bo‘ysunadi. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - yer tuzish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasida amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etish; - yer tuzish ishlarida yangi texnologiya tadbirlarini yuritish va yer munosabatlari sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish; - yer resurslari sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlarini yuritish va yaratish, shuningdek plan-kartografik materiallarini chop etish, tayyorlash va yangilash ishlarini muvofiqlashtirish; - respublikaning yer to‘g‘risidagi muhim bo‘lgan ma’lumotlarini saqlash, tahlil qilish, avtomatlashtirilgan yer axborot tizimi jarayonlari yuritishida, yig‘ishda va tuzishda qatnashish; - xar yilgi O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati va ulardan foydalanish bo‘yicha milliy hisobotini tuzishda umumiy rahbarlikni amalga oshirish; - O‘zbekiston Respublikasi yer fondini toifalar, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulkdorlar o‘rtasida taqsimlash. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling