Sulaymonova m. X
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi boshqaruv apparatining tuzilmasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar ro‘yxati 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari 28 2. Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘linmalari. 3. Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi. 4. Markaziy yerogeodeziya korxonasi. 5. Samarqand yerogeodeziya korxonasi. 6. "Kartografiya" davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi. 7. Geodeziya va Kartografiya milliy markazi. 8. Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy - tadqiqot instituti. 9. O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy - loyihalash instituti "O‘zdavyerloyiha". "Yergeodezkadastr" Davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: - yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tartibga solish, yer tuzish va yerlar monitoringini tashkil qilish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo‘yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash; - tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - yerlardan oqilona foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; - geodeziya va kartografiya faoliyatini boshqarish; - davlat geodeziya nazoratini tashkil etish; - davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; - davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, shuningdek davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish. Qo‘mita o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bir qator funksiyalarni boshqarmalari orqali amalga oshiradi. 29 Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi o‘zining mazkur "Nizomi"ga amal qilib faoliyat ko‘rsatadi. Bosh boshqarma tarkibiga Geodeziya bo‘limi, Kartografiya bo‘limi, Davlat chegaralarini bo‘lish va belgilash bo‘limlari kiradi. Bosh boshqarma boshlig‘i bevosita qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. Bosh boshqarmaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: - davlat geodeziya tarmog‘ini yaratadi, rivojlantiradi va ish holatida saqlaydi; - davlat maqsadidagi hamda maxsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya xaritalari va planlarini yaratadi, yangilaydi va nashr kiladi; - yerni masofadan zondlashni va geodinamik tadqiqotlarni amalga oshiradi; - umumjug‘rofiy, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotnoma va boshqa mavzuli xaritalarni hamda tarmoqlararo maqsaddagi atlaslarni, o‘quv kartografiya qo‘llanmalarini tuzadi va nashr qiladi; - davlat maqsadidagi va maxsus maqsaddagi jug‘rofiy axborot tizimlarini yaratadi va yuritadi; - O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chiziqlarini delimitatsiya, demarkatsiya qilishni va tekshirishni geodeziya, kartografiya va gidrografiya jihatidan taminlashni tashkil qiladi; - geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini metrologiya jihatidan ta’minlashni tashkil qiladi; - geodeziya va kartografiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi; - davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi; - davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantiradi va yuritadi; - jug‘rofiy nomlar standartlashtirilishini, hisobga olinishini va ularni qo‘llashning tartibga solinishini ta’minlaydi; 30 - ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi, geodeziya va kartografiya mavzu-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil qiladi; - iqtisodiyot tarmoqlarini, fan, mudofaa va aholini geodeziya, kartografiya axborotlari bilan ta’minlaydi; - geodeziya va kartografiya faoliyati litsenziyalanishini tashkil qiladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling