Sulaymonova m. X
§3. Ishlab chiqarishni tarkibiy qismlarga bo‘linishining asosiy
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT
§3. Ishlab chiqarishni tarkibiy qismlarga bo‘linishining asosiy xususiyatlari Yer tuzish bo‘yicha ko‘pgina ish turlari, ayniqsa ichki xo‘jalik yer tuzish, muhandislik, iqtisodiy, texnik, huquqiy va boshqa harakatlarni o‘z ichiga oladi. Ularni bajarish uchun turli xil malakaviy mutaxassislar talab qilinadi. Undan tashqari, alohida ish turlari ma’lum sharoitlarda bajarilishi mumkin. Misol uchun xo‘jalik hududini tekshirish, loyihani joyiga ko‘chirish jarayonini olib ko‘raylik. Bu ishlar faqatgina ob’ektda va dalaning o‘zida bajariladi. Birinchi bosqich ishlarini yuqori malakali mutaxassislar guruhi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lsa, ikkinchisini katta texnik yoki texnik bajaradi. Shu sababli mehnatni to‘g‘ri taqsimlash uchun ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy qismlarga ya’ni alohida jarayonlarga bo‘lish talab qilinadi. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismlarga bo‘lishning yana bir muhim sababi bor. U ham bo‘lsa, loyiha ishlariga vaqtbay mukofotli haq to‘lash, texnik va chizma ishlarga esa ishbay mukofotli haq to‘lashning joriy qilinganligidir. Xaq to‘lash tizimlarini ko‘llash bajariladigan ishlar mazmunini va harakterini hisobga oluvchi ishlab chiqarish va vaqt me’yorlarining mavjudligidir. Texnik ishlarga asoslangan ishlab chiqarish me’yorlarini o‘rnatish nafaqat alohida ishlab chiqarish jarayonlariga ajratishni, balki ularni yanada 20 kichikroq qismlarga – “elementlar” ga bo‘lishni taqazo qiladi. Bundan tashqari ishlab chiqarish jarayonining bo‘linishini nafaqat loyiha ishlarida, balki loyiha tashkilotining ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish hamda mehnat va mablag‘ sarfini o‘rnatish zaruriyati bilan bog‘liqdir. U ayniqsa, ishni bajarish joyini, mutaxassislarning malakasini, mehnatni tashkil qilish shakllarini hisobga oluvchi ishlarni baholash hamda qiymatlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy qismlarga bo‘lmasdan turib, ishlab chiqarishni, hisob-kitob va boshqarishni kerakli darajada yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy qismlarga ajratish quyidagi sharoitlarga asoslanadi: 1. Ko‘pgina ishlarni harakteri va bajarish joyiga nisbatan dala va kameral ishlarga bo‘linishi; 2. Mazmuni bo‘yicha loyiha texnik va chizma qismlarga bo‘linishi. Ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy qismlarga bo‘lishda quyidagilar hisobga olinishi kerak: ish elementlarining ketma-ket bajarilishi, uning tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlanganligi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling