Sulaymonova m. X


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/46
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1550058
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT

 
 
 


32 
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni 
 nazorat qilish boshqarmasi. 
Boshqarma o‘zining mazkur "Nizomi"ga amal qilib faoliyat ko‘rsatadi. 
Boshqarma tarkibiga yer monitoringi va yerdan foydalanish va uni muhofaza 
qilishni nazorat qilish bo‘limlari kiradi. Boshqarma bevosita yerdan foydalanish uni 
muhofaza qilishni nazorat qilish va yer tuzish masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining 
o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishi ustidan 
nazorat qilish.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
a) tuproq unumdorligini, shuningdek yerlarning boshqa xossalarini qayta 
tiklash va oshirish; 
b) yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishidan
botqoqlanishidan, qayta sho‘rlanishidan, qurib qolishidan, ishlab chiqarish 
chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishidan, emirilishi 
boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish; 
v) qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar, 
begona o‘tlar o‘sishidan hamda yerlarning texnik holati yomonlashishi va boshqa 
jarayonlaridan muhofaza qilish; 
g) agar boshqa usullar bilan tuproq unumdorligini tiklash mumkin bo‘lmasa, 
unumsizlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish; 
d) buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va 
yerlarniig boshqa foydali xossalarini oshirish; 
e ) Y e r buzilishi bilan bog‘lik; ishlarni bajarishda tuproqning unumdor 
qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va ularni saqlash; 
j) suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosalari uchun yer 
ajratilishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish; 


33 
k) foydali konlarni qazish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan 
qishloq xo‘jaligi yerlari, o‘rmon yerlari va boshqa yerlarning ushbu ishlar 
tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga 
keltirilishi ustidan nazorat qilish; 
l) qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan: 

tabiiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga muvofik ilmiy asoslangan almashlab 
ekishlarni, dehqonchilikning eng samarali va oqilona tizimini joriy etish; 

haydaladigan yer maydonlari saqlab qolinishini ta’minlash;

meliorativ jihatdan noyob bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarni kompleks 
rekonstruksiya qilish, pichanzorlar va yaylovlarga suv chiqarish va ularni 
yaxshilash tadbirlari bajarilishini nazorat qilish; 
m) davlat ehtiyojlari uchun qishloq xujaligi mahsulotlari etishtirishga 
mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlariii o‘lchash. 
"Yergeodezkadastr" Davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklatilgan vazifalar va 
funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘zining hududiy bo‘linmalari, boshqa idoraviy, 
mansub organlar va muassasalar orqali hal qiladi. O‘zbekistonning hududiy 
rivojlantirish, yagona kompleks strategiyasini shakllantirish Davlat dasturi 
doirasida "Yergeodezkadastr" Davlat qo‘mitasi respublikaning har bir mintaqasida 
hududlar rivojlanishini tahlil qilish va bashoratlash uchun kartografiya axborot 
resurslarini shakllantirish imkonini beruvchi geografik axborot tizimini bosqichma-
bosqich joriy etadi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling