39
amalga oshiradilar. O‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradilar, yo‘riqnoma va
ko‘rsatmalar beradilar. shuningdek, ichki tartib-qoidalarni tasdiqlaydilar.
Boshqarma boshliqlari sho‘‘ba boshliqlarining vakolatlarini belgilaydilar,
ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydilar. Jamoada ijtimoiy-
siyosiy va tarbiyaviy
ishlar olib boradilar.
Boshqarish va tashkil qilishning bosh bo‘yrug‘ini yillik ishlarni rejalashtirish
hisoblanadi. Rejada ma’lum davrda bajariladigan ishlar hamda uni bajarish yo‘llari
ko‘rsatiladi. Boshqarma o‘z nazorat funksiyasini ikki xil shaklda olib boradi, ya’ni
huquqiy me’yorlarni qo‘llash va o‘rnatish. Boshqarma o‘z apparati doirasida
ishlarni tashkil etish va uni amalga oshirishda iktisodiy
hamda huquqiy usullarni
qo‘llaydi. Huquqiy usullarni qo‘llash yerlardan foydalanish va muhofaza qilish
bo‘yicha jamoatchi inspektorlar to‘g‘risidagi «Nizom»ga ko‘ra amalga oshiriladi.
Boshqarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni
beradi
va buyruqlar chiqarish, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni tashkil
etadi.
§3. Tuman (shahar) Yer resusrlari va davlat kadastri
Do'stlaringiz bilan baham: