Sulaymonova m. X


bo‘limlarining tarkibi va vazifalari


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/46
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1550058
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT

bo‘limlarining tarkibi va vazifalari 
Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari hududiy davlat 
boshqaruvi organi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 
2004 yil 19 oktyabrdagi 483 – sonli Qarorining 2-bandiga binoan, tuman (shahar) 
yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlariga tegishli ravishda tuman (shahar) yer 
resurslari xizmatlari, ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari va texnik xatlovdan 
o‘tkazish kadastr byurolari negizida tashkil etilgan. 
Bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya 
va davlat kadastri Davlat qo‘mitasiga hamda viloyat yer resusrlari va davlat 
kadastri boshqarmalariga buysunadilar va tuman, (shahar) hokimligiga hisobot 
bYeradilar. Bo‘limlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarorlari va boshqa 
hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va farmoyishlariga, 


40 
«Yergeodezkadastr» Davlat qo‘mitasining buyruq va farmoyishlariga, viloyat va 
shahar hokimligining qaror va farmoyishlariga, viloyat boshqarma qaror va 
buyruqlariga, tuman (shahar) hokimliklarining qaror va farmoyishlariga, 
shuningdek, mazkur «Nizom»ga amal qiladilar. Shu yuzasidan bo‘limning 
boshqaruv apparati tuzilmasi keltiriladi. 
2-chizma. Bo‘limning tarkibi 
Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining asosiy 
vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 
- yer resurslaridan oqilona foydalanish va muxofaza qilish, yer 
munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tashkil qilish, 
tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo‘yicha yagona davlat 
siyosatini o‘z hududlarida amalga oshirilishini ta’minlash; 
- tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni 
muhofaza qilishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va 
ularning amalga oshrilishini ta’minlash; 
- yerlardan oqilona foydalanish va ularning muhofaza qilinishi ustidan davlat 
nazoratini amalga oshirish; 
- vakolatli davlat boshqaruvi organlari viloyat bo‘linmalarining davlat 
kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; 
- davlat yer kadastirini hamda bino va inshootlarning davlat kadastrini 
yuritish; 
BOSHLIQ 
Yerdan foydalanish, yer tuzish va davlat 
kadastri bo’yicha mos mutaxassis 


41 
- Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYAT) kiritiladigan ma’lumotlarni 
belgilangan tartibda tayyorlash va taqdim etish. 
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalariga muvofiq tumanlar hududida quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradilar: 
- yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish, tuproq 
unumdorligini 
saqlash, 
oshirishni 
ta’minlash 
sohasidagi 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
- yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni, yer 
resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshirish;
- yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yuridik va jismoniy 
shaxslar, davlat boshqaruv organlarining bulinmalari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi 
ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshirish, yo‘l quyilgan qonun 
buzilishlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z 
vaqtida chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash; 
- yer fondining holatini kuzatish, o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, salbiy 
jarayoonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida yerlar manitoringini 
amalga oshirish; 
- yer resurslarining holati to‘g‘risida xar yilgi hisobotni belgilangan tartibda 
tuzish va taqdim etish; 
- ma’muriy hududlar chegaralarini aniqlash va belgilash ishlarini tashkil 
qilishi; 
- foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr ma’lumotlari bilan 
ta’minlaydi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling