Sulaymonova m. X
Yerdan foydalanish va yer tuzish sho‘basi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT
Yerdan foydalanish va yer tuzish sho‘basi: - yerga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; - davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; - yer tuzish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish; - o‘z hududi bo‘yicha yer resurslarining holati to‘g‘risida xar yilgi milliy hisobotni tuzish. Davlat kadastri sho‘basi: - davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; 38 - davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr axborotlarini yig‘ish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshirish; - davlat yer kadastrini yuritish; - bino va inshootlar kadastrini yuritish; - davlat kartografiya-geodeziya va kadastrini yuritish; - ilmiy-tadqiqot va tajriba texnologiya ishlarini bajarish, normativ texnik hujjatlarni ishlab chiqarish va tasdiqlash; - viloyat, tuman (shahar) va aholi punktlarining ma’muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish sho‘basi: - tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatlarining ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatlarini tasdiqlangan rejaga muvofiq, zarur xollarda esa rejadan tashqari tekshirish; - tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatlarining mutaxassis-xodimlarini tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq davriy ravishda attestatsiyadan o‘tkazish; - tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tamonidan tayyorlangan kadastr va yer tuzish faoliyatiga oid hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling