Sulaymonova m. X
-BOB. YER TUZISHDA MEHNATNI ME’YORLASH
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT
8-BOB. YER TUZISHDA MEHNATNI ME’YORLASH §1. Mehnatni me’yorlashning mazmuni va mohiyati Ishlab chiqarishni tashkil etish va uni amalga oshirish uchun birinchi navbatda unga zarur bo‘lgan mehnat sarfi, shuningdek ma’lum bir ishni bajarish uchun qanday mutaxassis va malakaga ega bo‘lgan xodim kerakligi talab qilinadi. Shunday ekan, mehnatni o‘lchash zaruriyati tug‘iladi. Ish vaqti singari u ham minutlarda, soatlarda, kunlarda o‘lchanadi. Rejalash tizimida mehnatni me’yorlashda hamda mehnatga xaq to‘lashda asosan ishlab chiqarish me’yori, vaqt me’yori, xizmat ko‘rsatish me’yori hamda mutaxassislar sonini aniqlash kabi qator me’yoriy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 51 1. Vaqt me’yori bu – ma’lum hajmdagi ishni bajarishga sarflanadigan vaqt (kun, soat); 2. Ishlab chiqarish me’yori bu – ma’lum vaqt birligida bajariladigan ish hajmi (kun, soat); 3. Xizmat kursatish me’yori bu – bir rahbar qo‘l ostida ishlaydigan xodimlar soni. Xar qanday ishni bajarishga sarflanadigan vaqt sarfi birinchi navbatda mehnatni tashkil qilish usullariga, mablag‘ga va bajaruvchining malakasiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham kerak bo‘ladigan mehnat sarfini to‘g‘ri va aniq belgilashda, avvalambor qo‘llanilayotgan texnologiyalarni texnik vositalardan foydalanilayotganlik holatini, ish joyini to‘g‘ri tashkil etishlik holatini har tomonlama tahlil qilish zarur bo‘ladi. Shuning asosida ancha takomillashgan texnologik jarayonlarni loyihalash mumkin bo‘ladi. Shunday ekan, mehnat jarayonini me’yorlashdan oldin uni birinchi galda takomillashtirish, iqtisodiy asoslash va shundan keyingina jonli mehnat sarfini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, ishlab chiqarishning anchagina takomillashtirilgan tashkiliy texnik sharoitda ma’lum bir ishni bajarishga sarflanadigan mehnat me’yorini belgilash jarayoni mehnatni me’yorlashning mohiyatini tashkil etadi. Bunday me’yorlash odatda texnik asoslangan me’yorlar, deb yuritiladi. Ammo e’tirof etish kerakki, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat sarfi me’yorlari faqatgina texnik jihatdan asoslanibniga qolmasdan, balki u iqtisodiy va fiziologik jihatdan ham asoslangan bo‘lishi kerak. Bunda albatta butun ish kuni davomida xar bir odamning ishlash qobiliyatini yuqori saviyada ta’minlashi va dam olish tartibini to‘g‘ri tashkil qilish hisobga olinishi kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mehnatni me’yorlash – mehnat unumdorligini oshirishga ta’sir qiluvchi barcha mavjud omillarni o‘rganish, ijodiy jarayonlar va mehnat me’yorini o‘rnatishga qaratilgan turli xil usullarning yig‘indisidir. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, jamiyat rivojlanishining bugungi bosqichida me’yorlash mehnat unumdorligini oshirish, mehnatni va ishlab 52 chiqarishni tashkil etishni yaxshilash, uning doimiy ravishda o‘sib borishi va takomillashuvini ta’minlash va nihoyat, mehnatkashlar turmushining moddiy darajasini oshirishda asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Yer tuzish ishlarida mehnatni me’yorlash, mehnatni tashkil qilish va rejalashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling