74
chiqarish xususiyatiga qarab bir necha ko‘rinishda bo‘lib,
ular bir butun ish haqi
to‘lash tizimini vujudga keltiradi.
Mehnatga ishbay shaklida ish haqi to‘lash to‘g‘ri ishbay, mukofotli ishbay va
akkord ishbay shakllarga bo‘linadi. Bundan tashqari,
ishlab chiqarishning
sharoitiga qarab, ishbay shaklida ish haqi yakka va guruhli ishbay shaklida bo‘lishi
mumkin. Ishbay ish haqi shaklini qo‘lashda ishlab chiqarish meyori yoki vaqt
meyori asos qilib olinadi. Vaqtbay ish haqi oddiy vaqtbay
va mukofotli vaqtbay
shakllarga bo‘linadi. Oddiy vaqtbay shaklida haq to‘lash deganda, xodim bajargan
ishning hajmi yoki miqdorini o‘lchash imkoni bo‘lmaganda, haqiqiy ishlagan vaqti
uchun oy, smena, soat sxemasi bo‘yicha to‘langan ish haqi tushuniladi.
Mukofotli vaqtbay ish haqi shaklida haq to‘lash malum bir ko‘rsatgichga
erishilganda, sifat ko‘rsatishi yuqori bo‘lganda beriladigan mukofot pulidir.
To‘g‘ri ishbay haq to‘lash deganda, har bir xodim yoki mutaxassis bajargan
ish hajmiga yoki etishtirgan mahsulotiga qarab olgan ish haqi tushuniladi.
Mehnatiga mukofotli ishbay ish haqi to‘lashda to‘g‘ri ishbay haq to‘lashni saqlab
qolgan holda
bajarilgan ish hajmi uchun, u qisqa muddatda,
sifatli va ishlab
chiqarishga sarf qilinadigan moddiy harajatlarning tejalganligi uchun beriladigan
mukofot pulidir.
§3. Yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlarida
Do'stlaringiz bilan baham: