Sulaymonova m. X


 - BOB. YER TUZISHDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/46
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1550058
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
Bog'liq
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT

 
9 - BOB. YER TUZISHDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH 
 
§1. Mehnatga haq to‘lashni tashkil qilishning asosiy tamoyillari 
Moddiy boylikning mehnat miqdori va sifatiga qarab taqsimlanishi, bu 
jamiyatning iqtisodiy qonunidir. 
Mehnat bo‘yicha ish haqining taqsimlanishi, bu ishlab chiqarishni tashkil 
qilishga, mehnat unumdorligini oshirishga turtki hisoblanadi. Ish haqini tashkil 
qilishda turli xil iqtisodiy qonunlarni hisobga olish kerak, bu mehnat bo‘yicha 
taqsimlanish qonuni, qiymat qonuni, xalq xo‘jaligini rivojlantirishni rejalashtirish 
qonuni va boshqalar. Mehnatni taqsimlash asosida quyidagi mezonlar yotadi: ish 


73 
haqi sohasida tashkil etish huquqi bilan ish haqini markazlashgan boshqaruvning 
maqbullashtirish mehnat taqsimotining jamoa shartnoma uslubini ishlab chiqish. 
Mehnatga haq to‘lashni tashkil qilish quyidagi tamoyillarga tayanishi kerak. 
1. Mehnat natijalari buyicha ish haqi to‘lash. 
Ish haqi (“har kimga ishiga yarasha”) “ikki xil talqinga” ega... Mehnat 
deganda yoki uni natijasini, yoki ish harajatlarini (ish miqdori) tushinish mumkin, 
“Ish harajatlari buyicha” tamoyili individual ish haqini kafolatlagan ammo uni 
boshqarmagan. Mehnat buyicha harajatlarni hisobga olgan holda emas, uning 
natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. 
2. Xodimlarning o‘ziga ishonchliligi va himoyalanganligi. 
Ish haqi xodimlarda ertangi kunga ishonch va tashkilotning tashqi, ichki 
muhitidagi o‘zgarishlardan himoyalanganlikni shakllantirishi lozim. 
Xodimlar imkon qadar o‘z e’tiborini tashkilotning asosiy vazifalariga qaratishi 
lozim. 
3. Ish haqining rag‘batlantiruvchi va qo’llab quvvatlovchi. 
Ish haqi tizimi rag‘batlantiruvchi va qo’llab quvvatlovchi vositalarni o‘z ichiga 
olishi lozim. Shu sababli qo‘shimcha to‘lovlar kiritiladi. 
4. Shaxsiy hissa qo‘shganlik uchun qo‘shimcha ish haqini to’lash 
shakllari. 
Asosiy ish haqida qo‘shimchani tashkilot xodimining alohida sifatli ishini yoki 
tashkilot uchun muhim natijalarni baholash va hisobga olish uchun belgilaydi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling