Sun yat-senning siyosiy irodasi
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
sun-yat-senning-siyosiy-irodasi
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 243 w www.oriens.uz 2021 February uning rejasiga binoan keskin choralar mamlakatdagi vaziyatni yigirma yil ichida o‘zgartirishi mumkinligiga ishonishini bildiradi. 1884-1885 yillardagi Fransiya-Xitoy urushi dolzarb mavzu. Manjur hukumati Buyuk Britaniyaning rahbarligidan kelib chiqib, butun Vietnamni Fransiya mustamlakasi bosib olishiga topshiradi va o‘z hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketadi, bu esa Xitoy aholisining g‘azabini uyg‘otdi.[6] Dastlab Sun YAt-sen mamlakatda o‘zgarishlarni inqilob emas, balki liberal islohotlar yordamida amalga oshirish mumkin degan nuqtai nazarga ko‘proq moyil edi. 1894-1895 yillardagi Xitoy-YAponiya urushi burilish nuqtasi bo‘ladi. Sun YAt-sen Xitoyning birinchi inqilobiy partiyasi - Xitoy Uyg‘onish Ittifoqini tashkil etadi. 1894 yilda Gonoluluda qabul qilingan Ittifoq deklaratsiyasi islohotchilarning nutqlaridan farq qilmadi, manjur hukumatiga qarshi kurash haqida hech narsa aytilmagandi, birinchi navbatda “tatarlarni haydab chiqarishni, Xitoy suverenitetini tiklashni, demokratik hukumat tuzish uchun kurashishni va’da bergan”.[7] 1895 yildan 1911 yilgacha Sun YAt-sen boshchiligidagi inqilobiy tashkilotlar Sin monarxiyasiga qarshi o‘nta qurolli qo‘zg‘olon amalga oshirildi, oxirgisi 1911 yil 10 oktyabrda Uchan shahrida Sinxay inqilobi boshlanib, Xitoy Respublikasini e’lon qilinadi.[8] 1911 yil 10 oktabrda Uchangda manjur hokimiyatiga qarshi muvaffaqiyatli qo‘zg‘olon davomida respublika e’lon qilindi va Xubey provinsiyasining inqilobiy hukumati barpo etilib, butun mamlakat xalqini manjur monarxiyasi boshqaruvini ag‘darishga chaqiradi. Qo‘zg‘olon tezda Xitoyning janubiy va sharqiy provinsiyalariga tarqaldi va dekabrgacha Sin sulolasining kuchi faqat uchta provinsiyada qoladi: CHjali, Xenan va Gansu. 1911 yil dekabrda surgundan Xitoyga qaytib kelgach, Sun YAt-sen Respublikaning birinchi muvaqqat prezidenti etib saylanadi va 1912 yil 1 yanvardan rasman ish boshlaydi. SHu kuni Nankinda Sun YAt-senning Xitoy Respublikasining muvaqqat prezidenti lavozimiga kirishish marosimining tantanali marosimi bo‘lib o‘tadi. 12 fevralda Lun YU so‘nggi Manjur imperatori va yosh Pu Yi butun Sing sulolasi nomidan taxtdan voz kechadi. Ammo hokimiyatni “liberal” general YUan SHikayga topshiradi, u 1912 yil 15 fevralda Xitoy Respublikasining muvaqqat prezidenti bo‘ladi. O‘zining qisqa hukmronligi davrida Sun YAt-sen fuqarolarning erkinligi va mulkini himoya qilishga qaratilgan bir qator demokratik qonunlar va buyruqlarni qabul qilishga muvaffaq bo‘ladi. Burjua-demokratik konstitutsiya qabul qilinadi, sotish va sotib olish, jismoniy jazoni bekor qilish to‘g‘risidagi barcha eski hujjatlar bekor qilindi, matbuot va yig‘ilishlar erkinligi e’lon qilinadi, san’at buyumlarini chet eldan olib kirish taqiqlandi va guruchdagi chayqovchiliklar bostiriladi. U akasini yuqori lavozimga nomzodini tasdiqlanishidan bosh tortadi va shu bilan uning prinsiplarga sodiqligini ko‘rsatadi.[9] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling