Sun’iy hujayrasi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

Ishni bajarish tartibi: O‘sib turgan yoki quritilgan bargdan 2-3 g olib, qaychi bilan mayda-
mayda qilnb qirqib, chinni hovonchaga solinadi va maydalangan shisha kukun ishtirokida yaxshilab 
eziladi, so‘ngra esa unga 10-15 ml atseton solib, yana 1-1,5 daqiqa davomida eziladi. Barg hujayralari 
shirasidagi ortiqcha kislotalarni neytrallash uchun esa bargni ezish davomida skalpel uchida CaCO
3
dan 
ozroq olib aralashmaga solinadi. Hosil bo‘lgan pigmentlar aralashmasi Kamov yoki suv nasosi yordamida 
buizsp kolbasiga filtrlanadi. 
Filtrdan o‘tkazilgan pigmentlar aralashmasidan mikropipetkada olib, ilgaridan qirqib tayyorlab 
qo‘yilgan 15x3 sm kattalikdagi xromatogramma qog‘ozining pastki qismiga oddiy qalam bilan bilinar-
bilinmas qilib chizilgan chiziq bo‘ylab 1-1,5 sm uzunlikda tomiziladi. Eslatib o‘tamiz, xromatogramma 
qog‘oziga chiziladigan bu chiziq qog‘ozning pastki uchidan 2-3 sm balandlikda bo‘lishi kerak. 
Pigmentlar aralashmasi tomizilgach, xromatogramma qog‘ozi ochiq holda yoki elektr lampasi 
qarshisida quritiladi. Xromatogramma qog‘ozi yaxshi qurigach ikkinchi marta yana shu kattalikda 
filtratdan tomiziladi va qayta quritiladi. Mana shu jarayon ya’ni pigmentlar aralashmasini tomizish va uni 
quritish ishlari 5-6 marta takrorlanadi. Xromatogramma qog‘oziga pigmentlarning atsetonli 
aralashmasidan tomizish qog‘ozda to‘q yashil rang hosil bo‘lganiga qadar davom ettiriladi. So‘ngra 
xromatogramma qog‘ozi atseton hidi ketgunga qadar ochiq havoda quritiladi va pigment aralashmasi 
tomizilgan uchki tomonni silindrga solingan benzinga 1-1,5 sm botqizib 
qo‘ygan holda tik qilnb osiladi. 
22-rasm. Barg pigmentlarini qog‘oz xromotografiyasi usuli bo‘yicha aniqlab olish 
 


O’simliklar fiziologiyasi 
 
239 
Eslatib o‘tamiz, xromatogramma qog‘ozini silindrdagi benzinga tushirganda pigment aralashmasi 
tomizilgan qog‘ozdaki chiziq benzin qavatidan 1-1,5 sm yuqoriroqda bo‘lishi kerak. Aks holda pigment 
benzinda erib, qisman yo‘qotilishi mumkin yoki pigmentlarning ajralishiga xalaqit berishi mumkin.
Xromatogramma qog‘ozi silindrdagi benzinga tushirilganda unga shimilayotgan erituvchining 
kam parlanib, tezroq qog‘oz bo‘ylab ko‘tarilishi va silindrda to‘yingan benzin parlarini hosil qilishi uchun 
silindr germetik ravishda berkitilishi kerak. Oradan ma’lum vaqt o‘tishi bilan qog‘ozga shimilayotgan 
benzin pastdan yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Benzinning pastdan yuqoriga ko‘tarilishi bilan unda erigan 
pigmentlar ham bir-birlaridan ajralgan holda ko‘tarila boshlaydi.
Erituvchi va unda erigan pigmentlarning ko‘tarilish harakati olingan qog‘oz sifatiga bog‘liq 
bo‘ladi, ya’ni qog‘oz zichligiga qarab eritmalar harakati “sekin”, “o‘rtacha” va “tez” holatda bo‘ladi. 
Qog‘oz bo‘ylab eritma harakati qanday bo‘lmasin pigmentlar quyidagi tartibda taqsimlanadi: eng pastda 
xlorofill “b” undan yuqorida xlorofill “a” va ksantofill, eng yuqorida esa karotin. 
Tajribadan olingan ma’lumotlar asosida pigmentlarning tarkibi va ularning taqsimlinishi haqida 
xulosa qilinadi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling