Sun’iy hujayrasi


-LABORATORIYA ISHI  Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri va kislorodning ajralishini kuzatish


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

 
 
25-LABORATORIYA ISHI 
Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri va kislorodning ajralishini kuzatish 
 
Darsning maqsadi: Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri o’rganish va 
kislorodning ajralishini kuzatish. 
Umumiy ma’lumot: Yorug’lik fotosintez prosessining kechishi uchun muhim ahamiyatga ega. 
Turli o’simliklarning yorug’likka bo’lgan talabi turlichadir. yorug’sevar g’o’zaning yorug’likka talabi 
ayniqsa shonalanishi va gullash davrida ortsa, soyaparvar o’simlik samshit hatto yorug’likning 1/100 
qismi bo’lsa ham o’saveradi, chunki bunday o’simliklarda xlorofill miqdori ko’p bo’ladi va ozgina 
tushgan yorug’likni ham ushlab qoladi.
 
23-rasm. Fotosintezning nisbiy tezligini spektrial tahlili 
 
Fotosintez tezligiga yorug`lik kuchining ta’siri 
Kerakli asbob va reaktivlar: Elodeya o’simligi, NaHCO
3
tuzi, 200-300 ml hajmdagi ximiyaviy 
stakan, qaynatilgan suv, shisha tayoqcha, 200-500 vattli elektr lampa, chizg’ich, pichoq, qaychi, 
sekundomer, ip. 
Ishni bajarish tartibi: Bu ishni bajarish uchun suv o’simliklaridan Elodeyaning zararlanmagan 
poyasi olinadi va ichimlik sodasi bilan boyitilgan sovuq suvga solinib, uning uchki qismi kesiladi. 
Olingan novdaning suv betiga ko’tarilib chiqmasligi uchun u shisha tayoqchaga bog’lab tushiriladi. 
O’simlik yorug’likka qoyilishi bilan poyaning kesilgan qismidan po’fakchalar ajralib chiqa boshlaydi. 
Yorug’lik darajasining fotosintez tezligiga ta’sirini o’rganish uchun stakandagi elodeyani 
yorug’lik manbaidan turli (40, 80, 120 sm) masofalarga joylashtiriladi va ma’lum vaqt oralig’ida ajralib 
chiqayotgan po’fakchalar sanaladi. Agar yorug’lik manbai sifatida foydalanilayotgan elektr lampasi 200-
300 vattli bo’lsa, masofa oralig’i 40-50 mm bo’lishi kerak. Har bir masofa oralig’ida ajralib chiqayotgan 
pufakchalar soni daftarga yoziladi, so’ngra esa olingan natijalar asosida xulosa qilinadi. 


O’simliklar fiziologiyasi 
 
240 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling