25-LABORATORIYA ISHI
Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri va kislorodning ajralishini kuzatish
Darsning maqsadi: Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri o’rganish va
kislorodning ajralishini kuzatish.
Umumiy ma’lumot: Yorug’lik fotosintez prosessining kechishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Turli o’simliklarning yorug’likka bo’lgan talabi turlichadir. yorug’sevar g’o’zaning yorug’likka talabi
ayniqsa shonalanishi va gullash davrida ortsa, soyaparvar o’simlik samshit hatto yorug’likning 1/100
qismi bo’lsa ham o’saveradi, chunki bunday o’simliklarda xlorofill miqdori ko’p bo’ladi va ozgina
tushgan yorug’likni ham ushlab qoladi.
23-rasm. Fotosintezning nisbiy tezligini spektrial tahlili
Fotosintez tezligiga yorug`lik kuchining ta’siri
Kerakli asbob va reaktivlar: Elodeya o’simligi, NaHCO
3
tuzi, 200-300 ml hajmdagi ximiyaviy
stakan, qaynatilgan suv, shisha tayoqcha, 200-500 vattli elektr lampa, chizg’ich, pichoq, qaychi,
sekundomer, ip.
Ishni bajarish tartibi: Bu ishni bajarish uchun suv o’simliklaridan Elodeyaning zararlanmagan
poyasi olinadi va ichimlik sodasi bilan boyitilgan sovuq suvga solinib, uning uchki qismi kesiladi.
Olingan novdaning suv betiga ko’tarilib chiqmasligi uchun u shisha tayoqchaga bog’lab tushiriladi.
O’simlik yorug’likka qoyilishi bilan poyaning kesilgan qismidan po’fakchalar ajralib chiqa boshlaydi.
Yorug’lik darajasining fotosintez tezligiga ta’sirini o’rganish uchun stakandagi elodeyani
yorug’lik manbaidan turli (40, 80, 120 sm) masofalarga joylashtiriladi va ma’lum vaqt oralig’ida ajralib
chiqayotgan po’fakchalar sanaladi. Agar yorug’lik manbai sifatida foydalanilayotgan elektr lampasi 200-
300 vattli bo’lsa, masofa oralig’i 40-50 mm bo’lishi kerak. Har bir masofa oralig’ida ajralib chiqayotgan
pufakchalar soni daftarga yoziladi, so’ngra esa olingan natijalar asosida xulosa qilinadi.
O’simliklar fiziologiyasi
240
Do'stlaringiz bilan baham: |