Sun’iy hujayrasi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot.
- Kerakli asbob va reaktivlar
- Ishni bajarish tartibi
35-rasm. Katalaza faolligini aniqlash asbobi: 1. Katalaznik, 2. 100 ml byuretka, 3. shisha kolba (nok), 4. shishi uchlik, 5. Mor qisqichi 30-LABORATORIYA ISHI Unayotgan urug‘ tarkibidagi amilaza fermentini aniqlashni о‘rganish Darsning maqsadi. Talabalar bilan laboratoriyada unayotgan urug‘ tarkibidagi amilaza fermentini aniqlash. Umumiy ma’lumot. Fermentlar hujayraning barcha organoidlarida uchrab, oqsil asosga ega bo‘lgan organik katalizatorlardir. Hujayrada kechadigan modda almashinuvining hamma tomonlarida ishtirok etadi. Hozirgacha hujayradan 100 dan ortiq ferment ajratib olinib, ularning hammasi oqsillardan iborat ekanligi aniqlangan. Biokimyoviy reaksiyalar tezligini oshiradi. Dastlab achitqi zamburug‘larida aniqlangan. Amilaza yoki diastaza fermenti kraxmalni maltozalarga qadar parchalaydi. Bunda dekstrin deb ataluvchi bir qancha oraliq moddalar ham hosil bo‘ladi. Kraxmalli urug‘lar unayotgan davrda bu fermentning aktivligi oshadi. Kerakli asbob va reaktivlar: Ungan va unmagan bug‘doy urug‘i, kraxmal agar-agari solingan Petri kosachasi (10 ml suvda 2 g kraxmal, 2 g agar-agar qo‘shib tayyorlangan), skalpel, pinset, suv solingan stakan, yodning kaliy yodiddagi kuchsiz eritmasi (kuchli eritmani 10 marta suyultirilgani). Ishni bajarish tartibi: Buning uchun bug‘doyni unmagan urug‘idan bir nechtasini o‘rtasidan kesib suv bilan namlanadi. So‘ngra pinset yordamida urug‘larni kesik tomonini pastga qaratib kraxmalli O’simliklar fiziologiyasi 245 agar-agar plastinkani yarmiga asta joylashtiriladi. Bug‘doyni ungan urug‘idan kesib olib xuddi yuqorigidek qilib agar-agar plastinkasini ikkinchi yarmiga joylashtiramiz. Urug‘lar qurib qolmasligi uchun Petri kosachasining qopqog‘i yopib qo‘yiladi. Bir soat o‘tganidan keyin agar-agar plastinkasini hamma tomoniga kuchsiz yod eritmasi quyiladi. Olingan natijalarni har xil bo‘lish sababini tushuntirib bering. 36-rasm. Amilaza fermenti O’simliklar fiziologiyasi 246 Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling