Sun’iy hujayrasi


Unayotgan urug‘larga kislorod yutilishini aniqlash


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

Unayotgan urug‘larga kislorod yutilishini aniqlash
 
Darsning maqsadi: Og’zi berkitilgan (ikkita) idishda ya’ni havo kira olmaydigan qilib bekitilgan 
kolba ichiga yangi unayotgan urug’lar qanday qilib nafas olishini aniqlash. 
Umumiy ma’lumot: Nafas olish prosessi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, hayot uchun 
zarur energiya hosil qilishda asosiy manba hisoblanadi. Odamlar, hayvonlar va ko’pchilik o’simliklarda 
nafas olish erkin kislorod hisobiga boradi va aerob nafas olish prosessi deyiladi. Bunda sarflanadigan 
organik modda quyidagi tenglamaga muvofiq suv va karbonat angidridgacha parchalanadi. 
C
6
N
12
O
6
+ 6O
2
→ 6CO
2
+ 6N
2
O + 674 kkal. 
Kislorodsiz sharoitda o’simliklarda anaerob nafas olish prosessi sodir bo’lib, bunda quyidagi 
reaksiyaga muvofiq energiya ajralib chiqadi. 
C
6
N
12
O
6
→ 2CN
3
CN
2
ON + 2CO
2
+ 35 kkal 
Anaerob nafas olishda sarflanadigan organik moddaning oksidlanish natijasida etil spirt va 
karbonat angidrid ajralib chiqadi. Anaerob nafas olishda aerob nafas olishdagiga qaraganda energiya bir 
necha 
marta 
kam 
ajraladi. 
Kislorodsiz 
sharoitda 
hayot 
kechirishiga 
moslashgan 
ayrim 
mikroorganizmlarda anaerob nafas olish prosessi sodir bo’lib, oraliq mahsulotlar qatorida etil spirt, sut 
kislota, moy kislota va har xil gaz lar ajraladi. Mikroorganizmlarning anaerob nafas olish prosessi bijg’ish 
deyiladi. Nafas olish har qanday prosesslarida ham ajralgan 
energiyaning ko’p qismi mazkur mavjudotlarning hayot 
prosesslarida sarflansa, qolgan qismi issiqlik va yorug’lik 
ta’sirida tashqi muhitga tarqaladi. Bunda faqat organik moddalar 
sarflanmay, hayot uchun muhim bo’lgan birikmalar sintezlanadi. 
Demak aerob nafas olish, anaerob nafas olish va bijg’ish 
prosesslari juda murakkab bo’lib, bunda sarflanuvchi organik 
moddalar o’zgarishga uchraydi. Ma’lum vaqtda ma’lum 
miqdordagi o’simliklar to’qimasidan ma’lum miqdorda karbonat 
angidrid ajralishi nafas olish intensivligi deyiladi. Nafas olish 
intensivligi tashqi faktorlarga bog’liq bo’ladi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling