Sun’iy hujayrasi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va reaktivlar
Umumiy ma’lumot: O‘simlik ildizining hajmi odatiy silindr idishdan yasalgan moslama
yordamida aniqlanadi. Bu moslamani hajm o‘lchagich deb ataladi. Hajm o‘lchagich tubandagi bo‘ladi. Moslama rasmda ko‘rsatilgandek silindrdan (1) iborat bo‘lib, uning pastki qismi ingichkalashgan(2) bo‘ladi. Ingichkalashgan qismiga rezina shlanka (3) kiygizilib, uning uchiga esa 1ml li pipetka (4) o‘rnatiladi. So‘ngra silindr va rezina shlanka uchidagi pipetka gorizontal ravishda shtativga mahkamlanadi. Keyin silindr shtativga mahkamlanadi. Keyin silindrning A1 balandligigacha qaynatib sovutilgan suv quyiladi. Silindrning A1 balandligigacha quyilgan suv rezina uchidagi pipetka esa V1 holatda bo‘ladi. Avvalo, rezina shlanka va pipetka orqali bo‘ladigan suv harakati tekshirib ko‘riladi, ya’ni ulardagi havo pufakchalari yo‘qligiga ishonch hosil qilingandagina moslama tajriba o‘tkazishga tayyor deb hisoblanadi. O’simliklar fiziologiyasi 243 Mabodo, u yerdagi suv harakati ko‘ngildagidek bo‘lmasa, silindr, rezina shlanka va uning uchidagi pipetka qaytadan xromnik bilan yuviladi. So‘ngra, moslama qaynatilib sovutilgan suv bilan yaxshilab yuviladi va u qayta tekshirilib ko‘riladi. Shu tadbirlar o‘tkazilgandan keyingina ishni boshlash mumkin. Kerakli asbob va reaktivlar: O‘simlik ildizi, ildizlar hajmini aniqlaydigan asbob, byuretka, shisha naycha, shtativ, qaynagan suv, xrom aralashmasi, filtr qog‘ozi, ip, paxta, qaychi, pipetka, probka (tiqin). Ishni bajarish tartibi: Eng avvalo silindrga suv quyib, undagi va unga ulangan pipetkadagi (naycha) suv balandligi belgilab olinadi. So‘ngra, ilgaridan suv yoki qum sharoitida o‘stirilgan g‘o‘za, bug‘doy, arpa o‘simliklaridan olib, ularning poyasi ma’lum balandlikda kesib tashlanadi. Ildizlari esa suvda yaxshilab yuviladi va ulardagi ortiqcha suv tomchilari ehtiyotkorlik bilan filtr qog‘ozi yordamida so‘rib olinadi. 34-rasm. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ildiz zonalarining bo‘linishi: I- ildiz qini; II- bo‘linuvchi qism; III – so‘ruvchi qism; IV- o‘suvchi qism. Agar tajribaga donli o‘simliklarning maysalari ishlatilsa 5-6 tadan, g‘o‘za o‘simtalari ishlatilsa esa 3-4 tadan o‘simta ildizi olinadi. Ildizlarni silindrdagi suvga tushirishdan oldin, uning shikastlanmasligi uchun ildiz bo‘yniga ozgina paxta qo‘yib, 2 yarimtaga bo‘lingan tiqinning birinchi yarmidagi teshikka qo‘yiladi va ikkinchi yarmi bilan berkitiladi. Tiqindagi ildizlarning bir xil balandlikda qimirlamasdan turishligi uchun tiqin ip bilan bog‘lanadi. Shu usulda tayyorlangan ildizlar dastasi silindrdagi suvga tushiriladi. Ammo ildiz eritmalardan olinayotgan bo‘lsa, undagi ortiqcha suv tomchilarini filtr qog‘ozi bilan so‘rib olishni unutmaslik kerak. Silindrga ildiz tushirilishi bilan pipetka (naycha)dagi suv B 1 holagdan B 2 holatga ko‘tariladi. Suv balandligining o‘zgarish nuqtasi belgilanib olingach, ildiz silindrdan olinadi va undagi ortiqcha suv tomchilarining silindrga oqib tushishligi uchun ma’lum vaqt uning ustida tutib turiladi. Agar ildizni silindrdan olgandan keyin suv balandligi B 1 holatga kelmasa byuretkadagi suvdan ozroq quyib B 1 nuqtaga keltirib olinadi. Shundan so‘ng byuretka orqali pipetkadagi suv balandligi B 2 holatga kelguncha silindrga suv quyiladi. Pipetkadagi suvning B 1 holatdan B 2 holatga qayta kelishi uchun quyilgan suv silindrga tushirilgan ildiz hajmini beradi. Shu usuldagi ish 2-3 marta takrorlanadi va olingan natijalar tubandagi jadvalga yozib olinadi. Olingan ma’lumotlar asosida xulosa qilinadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling