1-rasm. Traube “sun’iy hujayrasi” ning ko‘rinishi
2-LABORATORIYA ISHI
Turgor hodisasi
Darsning maqsadi: Kartoshka kesigi yordamida hujayralarning turgor holatini aniqlash.
Umumiy ma’lumot. Tashqi muhit eritmasining osmotik bosim kuchi hujayra osmotik bosim
kuchidan ko’p bo’lsa gipertonik, kam bo’lsa gipotonik, hujayra va eritmalarning osmotik bosim kuchlari
bir-biriga teng kelsa izotonik eritma deyiladi.
Osmotik potensiali kuchli bo’lgan o’simlik hujayrasini suvga solganda tashqaridagi suv ichkariga
o’tib, hujayra taranglashib, turgor holatga keladi. Hujayrani turgor holatga keltirgan kuch turgor bosim
kuchi deyilib, T harfi bilan belgilanadi. Turgor bosim kuchi ta’sirida hujayra po’sti kengayadi yoki
buziladi. Biroq hujayra po’sti ma’lum darajagacha kengayib turgor bosimga teng bo’lgan kuch bilan ta’sir
ko’rsatadi. Bu kuch W harfi bilan belgilanadi. Hujayra suvga toyinganda osmotik bosim kuchi, turgor
bosim kuchi va unga qarshi kuchlar o’zaro tenglashadi.
P=T=W
Kerakli asbob va reaktivlar: Kartoshka, NaCl yoki qandning 1n eritmasi, chizg’ich, ikkita katta
probirka, ustara.
Ishni bajarish tartibi: Kartoshkadan uzunligi 5 sm, ko’ndalang kesimi 64 mm
2
bo’lgan 10 dona
kesik tayyorlanadi (6-rasm). Kesiklarning 5 tasi NaCl yoki saxarozaning 1n eritmasiga, qolgan 5 tasi
suvga solinadi. Oradan 1-1,5 soat o’tgach kesiklarning hamma tomoni qayta o’lchanadi. Qand yoki NaCl
eritmasiga solingan kesiklar burishib, hajmi kichrayib qoladi, suvga solinganlarining hajmi aksincha,
kattalashib to’qimalari taranglashadi.
Hujayra yoki to’qimalarning taranglashi t u r g o r o s e n t holat, taranglanish prosessining o’zi
turgor deyiladi.
2-rasm. Hujayraning turgor holati sxemasi
O’simliklar fiziologiyasi
213
Do'stlaringiz bilan baham: |