Sun’iy hujayrasi


Hujayraga moddalarning o’tishi va unda to‘planishi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

Hujayraga moddalarning o’tishi va unda to‘planishi 
 
Darsning maqsadi: Laboratoriya sharoitida hujayraga moddalarning o’tishi va unda to‘planishini 
kuzatish. 
Kerakli asbob va reaktivlar: Kallodiy eritmasi yoki sellofan qog’oz, yod yoki FeCl
3
eritmasi, 2 
foizli kraxmal kleysteri yoki anor po’chog’idan tayyorlangan eritma, stakancha, keng og’izli probirka. 
Ishni bajarish tartibi: Buning uchun og’zi keng toza quruq probirkaga kallodiy eritmasi 
quyiladi va devoriga yuqtirish uchun bir tekis aylantiriladi. Kallodiy yuqtirilgan probirka qo’lda ishqalab 
isitiladi. Undan efir hidi chiqishi tugagandan so’ng probirka sovuq suv bilan chayiladi, keyin devoriga 
yopishgan kallodiy pardasi pinset yordamida ajratiladi. Pardani oson ajratish uchun kallodiy pardasi bilan 
probirka devori orasiga bir necha tomchi suv tomizilsa, kallodiy xaltacha shaklida ajraladi. Xaltachani 
butun ekanligini aniqlash uchun puflab ko’riladi. 
Agar kallodiy eritma bo’lmasa, eritma o’rniga sellofan qog’ozdan foydalanadi. Sellofan qog’oz 
ishqalanganda (shiqirdagan) ovoz chiqarishi va yupqa bo’lishi kerak. 
Sellofan qog’ozga yoki kallodiy xaltacha ichiga 2 % li kraxmal eritmasi qo’yib, uni yod (I) yoki 
KI eritmasi solingan stakanga botiriladi. Oradan biroz vaqt o’tgach xaltacha ichidagi kraxmal eritmasi 
rangi o’zgara (ko’kara) boshlaydi. Bu hodisa chala o’tkazuvchi parda orqali sof eritma ionlari o’tishini, 
kalloid zarrachalarining kraxmal mitsellalari o’tmaganligini ko’rsatadi. Tajriba oxirida eritmadagi yod 
ionlari xaltacha ichiga o’tib bo’lganligi aniqlanadi.
Agar stakandagi sarg’ish yod eritmasi rangsizlanib qolsa, bu hodisa eritmadagi yod ionlari 
xaltachaga o’tib bo’lganligini ko’rsatadi. Buni quyidagicha tushinish mumkin. Kraxmal mitsellalari chala 
o’tkazuvchi parda orqali tashqariga o’ta olmaydi. Yod ionlari va molekulalari xaltacha ichiga bemalol 
o’tib, kraxmal bilan qo’shilishi natijasida boshqa turdagi birikmaga aylanadi, ya’ni yod kraxmal bilan 
bog’lanadi. Shu sababli yod tashqariga chiqmasdan xaltacha ichida to’planadi. 


O’simliklar fiziologiyasi 
 
215 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling