Sun’iy hujayrasi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayra shirasining osmotik bosimini plazmoliz usuli bilan aniqlash Darsning maqsadi
Probirka nomeri Tajriba variantlari Tashqi eritmaning bo‘yalishi 1 Sovuq suv 2 Qaynatilgan suv 3 Xloroform 4 50% spirt 5 30% sirka kislotasi O’simliklar fiziologiyasi 216 6-LABORATORIYA ISHI Hujayra shirasining osmotik bosimini plazmoliz usuli bilan aniqlash Darsning maqsadi: talabalarga hujayra shirasining osmotik bosimini plazmoliz usuli bilan aniqlashni о‘rgatish. Kerakli asbob va reaktivlar: qizil piyoz, ustara, probirkalar, mikroskop, buyum oynalari, NaCl yoki saxarozaning 1 normal eritmasi, byuretkali shtativ. Ishni bajarish tartibi: Buning uchun tarkibida rangli hujayra shirasi bo‘lgan o‘simliklar (qizil piyoz qizil karam yoki tradiskansiya barglari) dan yupqa kesik tayyorlanadi. Tayyorlangan kesiklarning epilermisidagi havo pufakchalarini yo‘qotish uchun ular 5-10 minut davomida qaynatib sovutilgan suvga solib qo‘yiladi. So‘ngra shtativga o‘rnatilgan 9 ta probirkada 10 ml dan 0,1; 0,2; 0,3; 0,4; 0,5; 0,6; 0,7; 0,8; 0,9 n, ya’ni bir-biridan 0,1 n farq qiladigan suyuq eritmalar tayyorlanadi. Masalan, bir n eritmadan 0,4 n 10 ml eritma tayyorlash uchun 4 ml natriy xlor yoki saxaroza eritmasiga 6 ml suv qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Qolgan konsentratsiyali eritmalar ham shu usulda tayyorlanadi. Keyin, probirkalarning har qaysisiga oldindan tayyorlab qo‘yilgan kesiklar solinadi. Eritmaga solishdan oldin ularning sirtidagi suv tomchilari filtr qog‘ozga shimdirilib olinadi. Kesiklar eritmada 20-25 minut saqlanadi, so‘ngra probirkadan 1 tomchi eritma olib buyum oynasiga tomiziladi, ustiga kesik qo‘yib, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi, kuzatish uchun mikroskopning kichik (8х li) obektivi orqali qaraladi. Tekshirilayotgan preparatda plazmoliz hodisasi ro‘y berganligini, ya’ni, sitoplazma hujayra po‘stidan ajrala boshlagan vaqtni aniqlash kerak. Hujayra shirasining konsentratsiyasi eritmaning konsentratsiyasiga teng bo‘lganida plazmoliz hodisasi ro‘y bermaydi, bunday konsentratsiya izotonik konsentratsiya deyiladi. Masalan, 0,3 n eritmada plazmoliz hodisasi yuz bermaydi; 0,4 n eritmada esa plazmoliz boshlanganligini yaqqol ko‘rinadi. Izotonik konsentratsiya illita eritmaning oraliq nuqtasida bo‘lishi kerak. Demak, Izotonik eritmaning normalligi 0,35 ga teng deb olinadi. Izotonik konsentratsiya aniqlanganidan so‘ng quyidagi formulaga muvofiq hujayra shirasining osmotik bosimi aniqlanadi: P=RTCi Bu yerda: P- istalgan osmotik bosim (atmosfera hisobida); R – gaz konstantasi (o‘zgarmas son – 0,0821) T- absolyut harorat (273 0 + xona harorati); C- izotonik konsentratsiya; i-saxaroza uchun 1 ga, NaCl uchun 1,5 ga teng izotonik koeffitsiyent. Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yoziladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling