Sun’iy hujayrasi


-rasm. Turgor hodisasini aniqlash uchun ishlatiladigan bo’lakchalar hajmi (mm) va shakli.  Izoh


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

3-rasm. Turgor hodisasini aniqlash uchun ishlatiladigan bo’lakchalar hajmi (mm) va shakli. 
Izoh: Kartoshka kesiklari darsning boshida tayyorlanib eritma va suvga solib qoyiladi.
 
 
3-LABORATORIYA ISHI 
Plamoliz va deplazmoliz hodisalari. Plazmolizning turli formalari 
 
 Darsning maqsadi: Hujayra ichki suyuqligini o’z membranasi (po’sti) dan ajralishi va qayta o’z 
holatiga tiklanishini mikroskop ostida kuzatish. 
Umumiy ma’lumot: O’simlik hujayrasi o’z shirasi konsentratsiyasidan yuqori bo’lgan 
(gipertonik) eritmaga botirilganda sitoplazmasi membranasidan ajraladi. Bu hodisa plazmoliz deb ataladi. 
Plazmoliz holatidagi hujayralar suvga yoki gipotonik eritmaga botirilganda, hujayra sitoplazmasi 
qaytadan o’z po’stiga borib taqalishi deplazmoliz deb ataladi. 
Konsentratsiyasi bir-biriga mos kelgan eritmalar izotonik eritma deyiladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: Mikroskop, buyum oynasi, qoplag’ich oyna, ustara, filtr qog’oz, 
qizil piyoz, NaCl, KCl yoki saxarozaning 1n. li eritmasi. 
Ishni bajarish tartibi: Antotsion (rangli qizil) piyoz po’stidan ustara yordamida yupqa kesik 
olinadi. Yupqa kesik buyum oynasiga qo’yilib, ustiga suv tomiziladi, uni qoplag’ich oyna bilan yopiladi. 
Hujayralar bir tekis boyalgan va tarang holda ko’rinadi. Qoplag’ich oynaning bir chekkasiga NaCl, KCl 
yoki saxarozaning 1 n eritmasidan bir tomchi tomiziladi. 
4-rasm. Piyoz po’stidan vaqtinchalik preparat tayyorlash
5-rasm. Plazmoliz va deplazmoliz holatini o‘simlikdagi ko‘rinishi 


O’simliklar fiziologiyasi 
 
214 
6-rasm. Plazmoliz hodisasi: a-normal turgor holatdagi hujayralar; б-sitoplazmaning
hujayra po’stidan ajralishi. в-botiq plazmoliz; г-qavariq plazmoliz; д-sitoplazmaning ayrim 
uchastkalarida hujayra po’sti bilan bog’langan Gext ipchalari; E-qalpoqchali plazmoliz 
Qoplag’ich oynaning ikkinchi tomonidan filtr qog’oz bilan suv shimdirib olinadi. Shu vaqtda 
sitoplazma hujayra po’stidan ajralib o’rtaga to’plana boshlaydi. Sitoplazma birdaniga hujayraning 
markaziga o’tib ketmasdan, avval hujayra po’stining burchaklaridan ko’cha boshlaydi va to’liq ajraladi 
(4-6 rasm).
Sitoplazmaning ba’zi bir qismlari sitoplazmatik ipchalar yordamida hujayra po’stiga bog’langan 
bo’ladi. Bu ipchalar Gyext ipchalari deb ataladi. 
Oradan bir oz vaqt o’tgach, qoplagich oynaning bir chekkasiga bir tomchi suv tomizib, ikkinchi 
tomonidan dastlab tomizilgan kimyoviy eritma filtr qog’oz bilan shimdirib olinadi. Suvning qayta 
shimilishi natijasida sitoplazma dastlabki holatiga qaytadi, ya’ni deplazmoliz hodisasi roy beradi. 
 
4-LABORATORIYA ISHI 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling