Sun’iy hujayrasi


Eritmaning  konsentratsiyasi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

Eritmaning 
konsentratsiyasi 
Har xil konsentratsiyali eritmalar 
tayyorlash uchun zarur 
Plazmoliz 
darajasi 
Hujayralarning 
rasmi 
Suv (ml) 
Eritma (ml) 
0,1 


0,2 


0,3 


0,4 


0,5 


0,6 


0,7 


0,8 


0,9 


 
 
7-LABORATORIYA ISHI 
Hujayraning shimish kuchini Shardakov usuli bilan aniqlash 
 
Darsning maqsadi. Talabalar bilan hujayraning so’rish kuchini Shardakov usuli bilan aniqlashni 
о‘rganish. 
Kerakli asbob va reaktivlar. Bargli o‘simlik, katta va kichik probirkalar bilan shtativ, 1,0 n 
NaCl, KCI yoki saxaroza eritmasi, distillangan suv, bargdan namuna olinadigan parma, rezina plastinka 
yoki katta probka, quruq metilen sinkasi, pinset, byuretkalar, kapilyar naychalar, shishaga yozadigan 
qalam. 


O’simliklar fiziologiyasi 
 
217 
V.S. Shardakov usuli o‘simlik hujayralari har xil konsentratsiyali NaCl, KCI yoki saxaroza 
eritmasiga tushirilganida shu eritmaning konsentratsiyasini o‘zgartirishiga (orttirish yoki kamaytirishiga) 
asoslangan. Tajriba vaqtida o‘simlik hujayrasi bilan tashqi eritma o‘rtasida suv almashinish jarayoni ro‘y 
beradi. Buning natijasida eritmaning konsentratsiyasi hujayraning shimish kuchiga qarab ortadi yoki 
kamayadi. Buni tashqi eritmaning boshlang‘ich konsentratsiyasi bilan unga hujayra solinganidan keyingi 
konsentratsiyasini taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Ishni bajarish tartibi: Berilgan 1,0 n NaCl, KCI yoki saxaroza eritmasidan shtativlardagi katta 
probirkalarga har biridan 10 ml hajmda 0,1; 0,2; 0,3; 0,4; 0,5; 0,6; 0,7; 0,8; 0,9 n. Suv qo‘shib 
suyultirilgan eritmalar tayyorlanadi. So‘ngra katta probirkalardagi 10 ml li eritmadan1 ml dan olib, 
shtativdagi katta probirkalar ro‘parasidagi kichik probirkalarga qo‘yib chiqiladi. Shundan keyin 
hujayraning so‘rish kuchi aniqlanadigan o‘simlikning bargidan namuna oladigan parma yordamida (barg 
tagiga rezina plastinka yoki katta proka qo‘yib) doira shaklida kesmalar tayyorlab olinadi. Bu kesmalar 
kichik probirkalardagi eritma ichiga 20-30 minut solib qo‘yiladi. Bu vaqt ichida probirka 2-3 marta 
chayqatilib, obdon aralashtiriladi. Oradan 20-30 minut o‘tgach, shu kichik probirkaga metilen sinkasining 
1-2 dona kristali qo‘shiladi. Natijada eritma ko‘k rangga bo‘yaladi. So‘ngra bu probirkadagi bo‘yalgan 
eritmadan kapilyar naycha yordamida olinib, uning bir tomchisini shtativning ikkinchi qatorida turgan 
katta probirkadagi eritmaning o‘rtasiga asta – sekin tomiziladi. Shu vaqtning o‘zida kapilyar naycha 
ichidan oqib chiqayotgan rangli suyuqlik pastga yoki yuqoriga qarab harakatlanadi.
Agar hujayraning shimish kuchi eritmanikidan yuqori bo‘lib, eritma tarkibidagi suvni hujayra 
so‘rib olsa, bu holda eritmaning hozirgi solishtirma og‘irligi boshlang‘ich solishtirma og‘irligiga nisbatan 
ortadi. (So‘rish kuchi – hujayraning osmotik va turgor bosim kuchi orasidagi kuch.Mo‘tadil iqlim zonasi 
o‘rmon daraxtlarining so‘rish kuchi 3•10

Pa (30 atm), ayrim o‘t o‘simliklarda 2•10 (20atm) va hatto 
undan yuqori 4•106 Pa (40 atm); quruq iqlim o‘simliklarida – 60 atm gacha teng bo‘ladi). Bunda 
kapillyar nay ichida oqib chiqadigan rangli eritma pastga qarab yo‘naladi.
Agar eritmaning shimish kuchi hujayranikidan kuchli bo‘lsa, eritma hujayra tarkibidagi suvni 
o‘ziga tortib oladi. Kichik probirkadagi eritmaning so‘nggi solishtirma og‘irligi boshlang‘ich solishtirma 
og‘irligiga nisbatan kamayadi. Bu holda kapillyar nay ichidagi rangli yuqoriga qarab harakatlanadi. 
Mabodo hujayra shirasi bilan eritmaning konsentratsiyasi o‘rtasida farq bo‘lmasa, suv almashinish 
hodisasi ro‘y bermaydi va tashqi eritmaning solishtirma og‘irligi o‘zgarmaydi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling