O’simliklar fiziologiyasi
219
Transpiratsiya jadalligini aniqlash uchun tajribaga olingan doiralar sathi bo‘lishi kerak. Doiralar
sathi S=πr
2
formulasi orqali topiladi.
S - barg yuzasi; π
- o‘zgarmas son (3,14); r - doira radiusi
Masalan, agar bargdan olingan doiralar diametri 1 sm bo'lsa, uning radiusi 0,5sm bo‘ladi. Bunda
yuza S=3,14x(0,5)
2
=0,7850sm
2
. Beshta doira yuzasi 0,7850x5=3,9250 sm
2
ga teng bo‘ladi.
9-rasm. Transpiratsiyani torsion tarozida aniqlash
10-rasm. O‘simlik tanasidan bug‘langan suv miqdorini texnik tarozida aniqlash usuli.
9-LABORATORIYA ISHI
O‘simliklarda suv bug‘lanishiga kutikula va po‘stloqning ta’sirini aniqlash
Darsning maqsadi: Laboratoriyada talabalar bilan o‘simliklardagi suv bug‘lanishiga kutikula va
po‘stloqning ta’sirini aniqlash.
Umumiy ma’lumot: Ma’lumki, ba’zi bir to‘qimalarning ustki qatlamlarida bo‘ladigan kutin
moddasi va shuningdek, o‘simliklarning po‘stloq qavati himoya vazifasini bajaribgina qolmasdan balki,
o‘simlik to‘qimalaridan suvning kam bug‘lanishiga ham yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida o‘simliklar
mevasida suvning uzoq vaqt me’yorida saqlanishiga olib keladi. Shu sababli
ham meva va sabzаvotlar
so‘limasdan uzoq vaqt o‘z holatini saqlab turadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Kartoshka, olma,
eksikator, tarozi,
konsentrlangan sulfat kislota,
pichoq.
Do'stlaringiz bilan baham: