Sun’iy hujayrasi
Kerakli asbob va reaktivlar
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-rasm.
Kerakli asbob va reaktivlar: Byuretkalar, tindirilgan
vodoprovod suvi, Mor qisqichi, tok qaychi, temir shtativ, soat, tiqin parmasi. Ishni bajarish tartibi: Buning uchun avval kauchuk tiqinga o’simlik novdasi o’rnatiladi. So’ngra 25 ml hajmli byuretkaga suv to’lg’azib, og’zi novdali tiqin bilan berkitiladi. Byuretkaga solingan suvda havo pufakchalari bo’lmasligi shart, chunki suv tarkibida erigan gaz qolsa, tajribani o’tkazishga halaqit beradi. Vodoprovod suvini bir kun oldin chelakka qoyib tindirilsa, havosi chiqib ketadi. Keyin ana shu suvdan ishlatiladi. Byuretkalarga o’simlik novdasi joylangandan so’ng byuretka asta-sekin to’nkarilib shtativga o’rnatiladi. Byuretkadagi suv bug’lanib kamayishining oldini olish uchun uning ikkinchi uchiga kauchuk nay kiygizilib, mahkam berkitiladi. Tajribani boshlashdan oldin byuretkadagi suvning sathi qaysi nuqtaga to’g’ri kelishi belgilab olinadi. Suv kamayishi transpiratsiya prosessi borayotganligini ko’rsatadi. Transpiratsiya prosessi hamma o’simliklarda ham bir xil tezlikda boravermaydi. Shuning uchun 2-3 xil o’simlik olib, ularning transpiratsiya intensivligini aniqlash tavsiya etiladi. Bu tajribani geran, navro’zgul va boshqa o’simliklar ustida o’tkazish mumkin. 11-rasm.Transpiratsiya tezligini hajmiy usulda aniqlash: a-o’simlik novdasi; б-byuretka; в-qisqich. O’simliklar fiziologiyasi 221 Tekshirish vaqti tugagandan so’ng suvni bug’latishda ishtirok etgan barglar sathini aniqlash uchun novdaning uchida, o’rtasida va pastida joylashgan barglardan 3 tasi olinadi. Ularning o’rta qismidan barg yuzasining katta-kichikligiga ko’ra, 4-10 sm 2 hajmda bo’laklar kesib olinadi. Keyin bu bo’laklarning umumiy vazni aniqlanadi, shu vaqtning o’zida novdada qolgan barglarni ham kesib olingan barg bo’laklariga qo’shib vazni aniqlangach, barglar umumiy yuzasi quyidagicha topiladi. Yuzasi aniq barg bo’laklarini a, ularning vaznini b bilan ifodalasak, novdadagi umumiy barg yuzasini v bilan ifodalab, quyidagi tenglama boyicha barglarning umumiy sathi x topiladi: в х б в а х б а − = − Barglarning umumiy sathi topilgandan keyin transpiratsiya intensivligi hisoblab topiladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling