Sun’iy hujayrasi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

 
 
12-LABORATORIYA ISHI 
О‘simliklarni suv kulturasida о‘stirish: tо‘liq ozuqa eritmasida (Knop eritmasi) о‘stirish 
 
Darsning maqsadi: Knop ozuqa eritmasi tayyorlash va ozuqa eritmasi tarkibidagi 
elementlarning maysalar o’sishiga ta’sirini tajribada о‘rganish.
Umumiy ma’lumot: Boshqa kimyoviy elementlar bilan almashtirib bо‘lmaydigan, 
о‘simliklarning о‘sishi va rivojlanishi uchun о‘ta zarur bо‘lgan 19 ta element alohida ahamiyatga ega. 


O’simliklar fiziologiyasi 
 
223 
Ular C, H, O, N, P, S, K, Ca, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn, Mo, B, Si, Na, Cl, Co kabi elementlar бўлиб, 16 tasi 
mineral elementlardir. Chunki, C, H va O о‘simliklarga asosan CO
2
, O
2
va H
2
O holida о‘zlashtiriladi.  
C, H, O, N – elementlari organogenlar deyiladi. Chunki ular о‘simlik quruq og‘irligining asosiy-
95% qismini tashkil qiladi. Bunda uglerod 45%, kislorod 42%, vodorod 6,5%, azot 1,5% miqdorni tashkil 
qiladi. О‘simlik quruq og‘irligining qolgan 5% qismi kul elementlariga, xususan P, S, K, Ca, Mg, Fe, Al, 
Na, Si va boshqalarga tо‘g‘ri keladi. О‘simliklarning mineral tarkibi tо‘g‘risida ularning kulida 
uchraydigan elementlarning miqdoriga qarab xulosa qilinadi va yuqorida keltirilgan elementlar birgalikda 
makroelementlar deyiladi. О‘simlik tо‘qimalarida juda kam miqdorni (0,001%) tashkil qiluvchi ammo 
о‘simliklarning muqobil о‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan Mn, Cu, Zn, Mo, B, Co kabi 
elementlar mikroelementlar deyiladi. Mineral elementlar о‘simliklarning barglarida 2-15%, poyalarida 
0,4-1% tо‘planadi. 
O‘simliklarni turli xil tuzlar eritmalarining aralashmasida o‘stirish suv kulturasi deyiladi. 
O‘simliklarni birinchi marta shu usulda K.A.Timiryazev o‘stirgan.
Ma’lumki, ozuqa eritmalariga olinadigan tuzlar tarkibida ikkitadan asosiy element bo‘ladi. Agar 
birorta tuz tarkibidagi qaysi bir elementni ozuqa eritmasi tarkibidan chiqarib tashlamoqchi bo‘lsak, uning 
tarkibida bo‘lgan ikkinchi elementni to‘laligicha saqlab qolishimiz uchun uni boshqa tuz ko‘rinishida 
olishimizga to‘g‘ri keladi. Mabodo, tajriba uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa o‘simliklarni ozuqasiz 
sharoitda o‘stirish varianti dasturdan chiqarib tashlanadi. Shuni eslatish kerakki, fiziologik tajribalardan 
ishonchli natija olish uchun har bir variantda bo‘ladigan o‘simlik (idish) lar soni 5 tadan kam bo‘lmasligi, 
ya’ni tajriba 5 qaytarmali bo‘lishi kerak. 
1-jadval 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling