Sun’iy hujayrasi
O‘simliklarning o‘sish jarayoniga ozuqa elementlarining ta’siri
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot
O‘simliklarning o‘sish jarayoniga ozuqa elementlarining ta’siri
(1 ta o‘simlik g hisobida) № Variantlar O‘simlik organlari poyaning bargning ildizning ho‘l og‘irligi quruq og‘irligi ho‘l og‘irligi quruq og‘irligi ho‘l og‘irligi quruq og‘irligi 1 To‘la ozuqa eritma 2 N-tutmagan eritma 3 P-tutmagan eritma 4 K-Tutmagan eritma O’simliklar fiziologiyasi 224 Odatda, laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan tajribalar qo‘yilgan maqsadga qarab 2 haftadan 6 haftagacha olib boriladi. Tajriba davrida fenologik kuzatishlar olib boriladi: o‘simlik poyasining va ildizining o‘sishi, yangi chin barglarning chiqishi, shuningdek barg rangi va ildizlarining tashqi ko‘rinishida bo‘ladigan o‘zgarishlar daftarga yozib boriladi. Tajribaga berilgan vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simlik organlari (bargi, ildizi, poyasi) alohida- alohida kesib olinadi va ularning ho‘l og‘irliklari tarozida tortib olinadi. Keyin esa bu organlar maxsus quritgich shkaflarida quritiladi va ularning quruq og‘irliklari analitik tarozida aniqlanadi. O‘simliklarning ho‘l va quruq og‘irliklari jadvalga yozib olinadi. 14-rasm. O‘simlik uchun zaruriy ayrim elementlar sxemasi 13-LABORATORIYA ISHI О‘simliklarni suv kulturasida (azot va fosfor tutmagan ozuqa eritmasi) о‘stirish Darsning maqsadi: Knop ozuqa eritmasi tayyorlash va ozuqa eritmasi tarkibidagi elementlarning maysalar o’sishiga ta’sirini tajribada о‘rganish. Umumiy ma’lumot: O‘simliklarni turli xil tuzlar eritmalarining aralashmasida o‘stirish suv kulturasi deyiladi. O‘simliklarni birinchi marta shu usulda K.A.Timiryazev o‘stirgan. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanish jarayoniga ayrim elementlarning ta’sirini o‘rganish uchun undirilgan urug‘lar, har xil sharoitda, ya’ni o‘rganilayotgan elementga xos bo‘lgan sharoitda o‘stiriladi. Masalan, agar o‘simliklar rivojlanishiga azot elementining ta’sirini o‘rganmoqchi bo‘lsak, tajriba ikkita variantda - to‘la ozuqa elementlarini tutgan va ozuqa aralashmasi tarkibida azot elementini tutmagan eritmalarda o‘stiriladi. Mabodo, fosfor va kaliy elementlarining o‘simliklar o‘sish va rivojlanish jarayonlariga ta’sirini o‘rganmoqchi bo‘lsak ham xuddi yuqorida aytilganidek, o‘simliklar fosfor va kaliy elementlari yetarli bo‘lgan va bu elementlarni tutmagan eritmalarda o‘stiriladi. Agar tajriba qisqa muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, uni tubandagi dastur ko‘rinishida olib boramiz. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling