Sun’iy hujayrasi


Kerakli asbob va reaktivlar


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

Kerakli asbob va reaktivlar: Undirilgan o‘simlik urug‘lari, azot elementini tutmagan eritma
fosfor elementini tutmagan eritma, kaliy elementini tutmagan eritma, o‘simliklarni o‘stirishda 
ishlatiladigan shisha idishlar, menzurka, o‘lchov kolbalari, pipetkalar, termometr, chizg‘ich. 
Ishni bajarish tartibi: O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi jarayoniga N, P va K 
elementlarining ta’sirini o‘rganish uchun 12-laboratoriya ishida berilgan 1-jadval asosida tayyorlangan 
ozuqa eritmalaridan 0,5 litrdan 10 litrgacha bo‘lgan shisha idishlarga olib, ularda ilgaridan 
kristallizatorlarda undirilgan urug‘lar o‘stiriladi. Maysalarni muqobil sog‘lom holda o‘stirish uchun 
tajriba harorati 25-30°C bo‘lgan yorug‘ xonalarda o‘tkaziladi. 
Odatda, laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan tajribalar qo‘yilgan maqsadga qarab 2 haftadan 6 
haftagacha olib boriladi. 
Tajriba davrida fenologik kuzatishlar olib boriladi: o‘simlik poyasining va ildizining o‘sishi, 
yangi chin barglarning chiqishi, shuningdek barg rangi va ildizlarining tashqi ko‘rinishida bo‘ladigan 
o‘zgarishlar daftarga yozib boriladi. 
Tajribaga berilgan vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simlik organlari (bargi, ildizi, poyasi) alohida-
alohida kesib olinadi va ularning ho‘l og‘irliklari tarozida tortib olinadi. Keyin esa bu organlar maxsus 
quritgich shkaflarida quritiladi va ularning quruq og‘irliklari analitik tarozida aniqlanadi. O‘simliklarning 
ho‘l va quruq og‘irliklari 12-laboratoriya ishida berilgan jadvalga yozib olinadi. 
 
 
14-LABORATORIYA ISHI 
О‘simlik kulida uchraydigan makroelementlarni aniqlash 
 
Darsning maqsadi: Bir necha xil o’simliklarni qurigan qismlarini yoqib, kuli ajratib olinadi va 
kulning tarkibidagi makroelementlar aniqlanadi. 
Umumiy ma’lumot: Mineral elementlar o’simlikning hayotida muhim ahamiyatga ega. 
O’simlikda kechadigan barcha fiziologik prosesslar normal darajada borishi uchun mineral elementlar 
katta rol oynaydi. Jumladan, nafas olish, fotosintez, o’sish va rivojlanish prosesslarini normal borishi 
uchun mineral tuzlar yetarli miqdorda bo’lishi kerak. Dastlab o’simlik urug’larida zapas holda bo’lgan 
mineral elementlardan foydalanadi, keyinchalik zarur bo’lgan mineral elementlarni tuproqdan ildiz orqali 
oladi. O’simliklar ba’zi elementlarni ko’p miqdorda talab qiladi. Bularga makroelementlar deyiladi. 
Makroelementlarga azot, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy, temir kiradi. Bular fiziologik 
xususiyatlariga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. Metallardan kaliy, kalsiy, magniy va temir metaloidlardan azot, 
oltingugurt. Ikkinchi xil elementlarni o’simliklar oz miqdorda talab qiladi. Bular – mikroelementlar. 
Bularga bor, mis, rux, marganes, molibden, yod, alyuminiy va boshqalar kiradi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling