Sun’iy hujayrasi


-rasm. Moddalarning hujayra ichiga o’tishi unda to’planishi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

7-rasm. Moddalarning hujayra ichiga o’tishi unda to’planishi: a-kollodiy xaltacha , b-yod+kaliy yodid 
eritmasi, v-xaltacha osib qoyiladigan shisha tayoqcha 
Eslatma. Kallodiy xaltacha o’rniga sellofan qog’oz, kraxmal kleysteri o’rniga anor po’chog’idan 
tayyorlangan eritmadan, yod eritmasi o’rniga FeCl
3
ning och sariq eritmasidan foydalanish mumkin. Anor 
po’chog’idan eritma tayyorlash uchun u suvda qaynatilib, filtrlanadi. Po’choq tarkibidagi oshlovchi 
modda – tannin suvga ajralib chiqqach eritma sifatida ishlatiladi. 
 
 
 
 
5-LABORATORIYA ISHI 
Tirik va o‘lik hujayra membranasining hujayra shirasi moddalarini
o‘tkazuvchanligi 
 
Darsning maqsadi. Laboratoriya sharoitida tirik va o‘lik hujayra membranasining hujayra shirasi 
moddalarini o‘tkazuvchanligini kuzatish. 
Umumiy ma’lumot: Betatsianin qizil lavlagi shirasining pigmenti bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. 
Betatsianin molekulalari hujayra vakuolasidan chiqishi uchun sitoplazmatik matriks, tonoplast va 
plazmolemma (membrana) dan o‘tishi kerak. Membrana o‘tkazuvchanligiga turli kimyoviy moddalar va 
yuqori harorat kabi omillarning ta’siri turlicha bo‘lganligidan betatsianinning tashqi muhitga chiqish 
tezligi ham har xil bo‘ladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: Qizil lavlagi, 50% spirt, 30% sirka kislotasi, xloroform, Byuxner 
voronkasi, stakan, pipetka, probkali probirka, lineyka, shtativ, pichoq yoki skalpel, namuna oladigan 
parma. 
Ishni bajarish tartibi: Qizil lavlagi ildizmevasining archilgan qismidan eni, bo‘yi, qalinligi 1 sm 
qilib, 5 ta bo‘lakcha kesib olinadi. Eslatib o‘tamiz, olinayotgan lavlagi mevasi so‘limagan bo‘lishi kerak. 
Lavlagi kesmalarini tayyorlash paytida shikastlangan hujayralar tarkibidagi moddalarni butunlay chiqazib 
olish uchun bo‘lakchalar 30 daqiqa davomida byuxner voronkasiga yoki chinni idishga solinadi va 
vodoprovod suvi tagida yuviladi. So‘ngra 5 ta probirka olib, ularning har bittasiga 1 tadan kesma 
tushiriladi. Birinchi probirkaga 10 ml sovuq suv, ikkinchisiga 10 ml qaynoq suv, uchinchisiga 10 ml 
xloroform, to‘rtinchisiga 10 ml 50 % li spirt va nihoyat beshinchisiga 30 % li atsetat kislotasi solinadi. 
Probirkalar tartib raqamlari bo‘yicha shtativga joylashtiriladi. Probirkalarni har 10-15 daqiqada chayqatib 
turiladi. Erituvchilarga tushirilgan lavlagi bo‘lakchalari 1-1,5 soat davomida o‘z tarkibidagi rangli 
moddalarni tashqi eritmalarga chiqazishlik tezligi har xil bo‘lganligidan, probirkalardagi eritmalar ham 
xar xil darajada bo‘yaladi. Eritmalar ranglarining o‘zgarishi quyidagi jadvalga yozib olinadi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling