- Sun'iy intellekt insoniyat sivilizatsiyasi uchun eng katta xatar mana shu tushunchani haqiqatga yaqinligini tan olishimiz va kelajakni yaqin tez 10 yillikda ulkan o’zgarishlar bo’lishini bilishimiz kerak. Kelajakka moslashishga hozirdan xarakatni boshlashimiz kerak.
- 1. Sun’iy intellekt rakursida tasavvur va idrok
- 1.1. Tasavvur
- Tasavvur – bu qandaydir tushunchani figura, yozuv, til yoki formal shaklda qabul qilinadigan amal hisoblanadi. Bilimlar nazariyasi sub’ekt (o`rganuvchi) va obyekt orasidagi bog`liqlikni o`rganadi. Obyektiv ma’noda bilim – bu o`rganishdan keyingi olgan bilimimiz [1-3].
- Bilimlarni tasavvur qilish – bu figuralar, yozuvlar va tillar asosida chin mulohazalarni formallashtirishdir [1-3]. Bizni asosan EHM qabul qiluvchi (anglovchi) formallashtirishlar qiziqtiradi. EHM xotirasida bilimlarni tasavvur qilish, ya’ni bilimlarni tasavvur qilishda tillar va formallashtirishlarni yaratish haqida savollar kelib chiqadi. Ular bu tasavvurlarimizni nutq va tasvir orqali, tabiiy til asosida tuzilgan ingliz yoki nemis tili, formal til, algebra yoki mantiq, mulohaza va h.k. lar asosida EHMga kiritish va qayta ishlash imkonini yaratadi. Formallashtirishning natijasi dasturlash tilining qismini tashkil etuvchi ko`rsatmalar to`plamidan iborat bo`lishi kerak.
- Bilimlarni tasavvur qilishga taalluqli ko`pgina holatlar juda ham chegaralangan sohalarga qarashli bo`ladi, masalan:
- - inson holatini tasvirlab berish;
- - o`yindagi holatlarni tasavvur qilish (masalan, shaxmatda figuralarning joylashishi);
- - korxona ishchilarining joylashishini tasavvur qilish;
- - peyzajni tasavvur qilish.
Bilimlarni tasavvur qilishning ko’plab formal tizimlari mavjud bo’lib, ular bilimlarni tasavvur qilish modellari yoki tillari deb yuritiladi (4.1-rasm). - Bilimlarni tasavvur qilish modellari
- Ma’lumotlar modellari (deklarativli)
- Bilimlar modellari (protsedurali)
- 4.1-rasm. Bilimlarni tasavvur qilish modellari.
Do'stlaringiz bilan baham: |