Sun’iy tanlash oddiy va metodik tanlashlarga bo‘linadi
Download 24.17 Kb.
|
maruzaaaaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy sun’iy tanlash
- passiv tanlash
- ko‘p martalik tanlash
- Birinchidan
- uchinchidan
Seleksiya ishida tanlash eng muhim va uzviy jarayondir. Ch. Darvin o‘zining organik dunyo evolutsiyasi to‘g‘risidagi ta’limotida tabiatda va tajribada yangi shakllarning (nav va zotlar) vujudga kelishi negizida bitta va umumiy qoida, ya’ni tanlash yotadi deb ko‘rsatadi. Tabiatda mavjud bo‘lgan tanlashlar ikki turga — tabiiy va sun’iy tanlashga bo‘linadi. Tabiiy tanlanish tabiatda odam ishtirokisiz o‘tgan va o‘tmoqda. Ch. Darvin tabiiy tanlanishni «o‘zgarayotgan organizmlarning ongli tanlanishi» emas deb ta’kidlaydi. Bunga tashqi sharoit omillari (issiqlik, namlik, yorug‘lik, boshqa organizmlar, oziq-ovqatning mavjudligi kabilar) sabab bo‘ladi. Organizmlarning ko‘zga ko‘rinmaydigan har qanday xususiyatlari tabiiy tanlanishga uchraydi. Tabiiy tanlanish, odatda, ikki xil — harakatlantiruvchi va mus- tahkamlovchi bo‘ladi. Harakatlantiruvchi tabiiy tanlanish yashash sharoitining o‘zgarishi bilan ijobiy ahamiyatga ega bo‘ladigan yangi mutatsiyalar va ularning birikmalarini populatsiya tarkibiga qo‘shilishiga olib keladi. Mustahkamlovchi tabiiy tanlanish esa salbiy irsiy chetla- nishlarini yo‘qotish yo‘li bilan populatsiyadagi shakllar o‘rtasida ma’lum darajadagi o‘xshashliklarni ro‘yobga chiqaradi. Shunday qilib, organizm hayotidagi foydali har qanday irsiy o‘zgarish keyingi bo‘g‘inlarda tabiiy tanlanish yo‘li bilan saqlanib qoladi va mustahkamlanadi. Shu tariqa tashqi muhit noqulayliklariga yaxshiroq moslashgan, ko‘proq takomillashgan yangi xillar yaratiladi. Sun’iy tanlash—kishilar tomonidan o‘tkaziladi, shu yo‘1 bilan madaniy o‘simliklarning navlari va xonaki hayvonlarning zotlari yaratiladi. Sun’iy tanlash organizmlarning irsiyati va o‘zga- ruvchanligidan foydalanishga asoslangan bo‘lib, organizmlarning tabiatda bo‘lmagan yangi xillarini yaratish imkoniyatini beradi. Sun’iy tanlash oddiy va metodik tanlashlarga bo‘linadi. Oddiy sun’iy tanlash dehqonchilik rivojlanishining dastlabki davrlarida qo‘llangan. Kishilar uzoq yillar davomida o‘simliklarning eng yaxshi boshoq, urug‘, qalamcha, piyozbosh va tuganaklarini tanlab olib ko‘paytirib, ulardan yuqori hosil olish uchun foydalanib kelganlar. Bu oddiy tanlash bo‘lib, kishilar yangi nav yaratishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaganlar. Metodik sun’iy tanlashda odamlar o‘simliklarni qanday belgilari bo‘yicha tanlash o‘tkazishni oldindan belgilab, shu belgilarni kuchaytirib, mustahkamlab boradi, ya’ni aniq maqsad bilan ishlaydilar. Shu tartibda ekinlarning mahalliy navlari yaratilgan. Demak, metodik tanlashda seleksioner o‘simlikning yarati- layotgan yangi navining morfologik, biologik-xo‘jalik belgi va xususiyatlarini ishlab chiqarishning navga qo‘yadigan talablariga muvofiq oldindan belgilab oladi va shular asosida tanlash o‘tkaziladi. Bunday tanlashning qudratli ta’sirini qandlavlagining ildizmevasi tarkibidagi qand miqdori ko‘payishidan bilish mumkin. Agar 1747-yilda ildizmevada qandning miqdori 6 % bo‘lgan bo‘lsa, 1838-yilda 8,8 %, 1908-yilda 18 %, 1970-yilga kelib 20 % va hozirgi vaqtda 24 % gacha qand saqlaydigan navlari yaratilgan. Kungaboqar pistasining tarkibidagi moy miqdori esa 28—33 % dan 58—60 % gacha ko‘paytirildi. Sistematik (yoki metodik) tanlash passiv va aktiv bo‘ladi. Tabiatda tayyor holda mavjud bo‘lgan boshlang‘ich materiallarda o‘tkaziladigan tanlashga passiv tanlash deb ataladi. Seleksiya usullari (duragaylash, mutatsiya, poliploidiya, geterozis kabilar)ni qo‘llab (boshlang‘ich) material tayyorlab, unda o‘tkaziladigan tanlash esa aktiv tanlash deyiladi. Sistematik aktiv tanlash asosidagi seleksiya sun’iy evolutsiya hisoblanadi. U organizmlar evolutsiyasini tezlashtiruvchi omildir. Seleksiya ishining muvaffaqiyatlari ko‘p jihatdan seleksionerlarning turli o‘simlik shakllari ichidan eng keraklisini tanlab olish san’atiga bog‘liq. L. Berbank, I. Michurin, P. Lukyanenko, V. Pustovoyt, A. Mazlumov kabi atoqli seleksionerlar tanlash sifatini mukam- mal bilganliklari uchun ham katta yutuqlarga erishganlar. Seleksiyada tanlashning asosan, ommaviy va yakka tanlash usullari qo‘llanadi. Ular bir martali, ko‘p martali va cheksiz bo‘lishi mumkin. Bir martali tanlashda boshlang‘ich materialdan eng yaxshi o‘simliklarni tanlab olish bir marta o‘tkaziladi. So‘ngra shu o‘simliklarning bo‘g‘inlari o‘rganiladi, baholanadi va ko‘paytiriladi. Bunday tanlash o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda o‘tkaziladi. Tanlash bosh- lang‘ich materialdan tanlab olingan o‘simlik bo‘g‘inlari ichida ham davom ettirilsa, bu ko‘p martalik tanlash deyiladi. Bunday tanlash tanlab olingan o‘simliklarning bir necha bo‘g‘inidan keyin to‘x- tatiladi. Tanlab olingan materialdan ekish va o‘rganish uchun tanlash uzluksiz o‘tkazilaversa, bunga cheksiz tanlash deyiladi. Ko‘p martali va cheksiz tanlashlar chetdan changlanuvchi o‘sim- liklar seleksiyasida keng qo‘llaniladi. Tanlash usullari o‘simliklarning belgi va xususiyatlariga bog‘liqdir. Tanlash o‘tkazilganda seleksioner iloji boricha belgi va xususiyatlar kompleksini hisobga olishi lozim. Shundagina yangi nav ko‘p ijobiy belgi va xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Ommaviy tanlash Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra, tanlashning oson, oddiy va tez o‘tka- ziladigan usuli hisoblanadi. O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda bir martali, chetdan changlanuvchi o‘simliklarda ko‘p martali ommaviy tanlash o‘tkaziladi. Ommaviy tanlash ko‘pincha mahalliy va chetdan keltirilgan navlarni aralashmalardan tozalash, mahsulot sifatini yaxshilash, hosildorligini oshirish uchun qo‘llanadi. Ommaviy tanlashni qo‘llash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi (4-rasm). Boshlang‘ich materialdan (navdan yoki populatsiyadan) yaratilayotgan nav uchun yuzlab eng yaxshi o‘simliklar tanlab olinadi. Tanlash bevosita dala sharoitida o‘tkaziladi. Tanlangan o‘simliklar laboratoriya sharoitida donlarning to‘lishganligi, sog‘lomligi va bir-biriga o‘xshashligiga qarab ko‘zdan kechiriladi. Talabga javob bermaganlari taslilanib, sog‘lom, o‘xshash o‘simliklarning urug‘i birlashtiriladi va kelgusi yil bir maydonga ekiladi. Agar bir martali ommaviy tanlash o‘tkazilayotgan bo‘lsa, ikkinclii va keyingi yillarda tanlash takrorlanmaydi. Ko‘p martali ommaviy tanlashda esa ikkinclii va keyingi yillarda ham shu xil tanlash takrorlanaveradi. Tanlaslining qanday samara berayotganini bilish uchun ikkinclii yilda olingan material bilan dastlabki nav va standart birga ekilib taqqoslanadi. Standart (mahalliylashtirilgan) navga nisbatan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ekinlarning urug‘i nav sinash uchastkasiga beriladi. Sinashdan muvaffaqiyatli o‘tgan yangi navlar mahalliylashtiriladi va ularning urug‘chiligi boshlanadi. Chetdan changlanadigan o‘simliklar geterozigota holatida bo‘ladi, shuning uchun ularning navlariga xos muhim belgi va xususiyatlari tez-tez o‘zgarishi mumkin. Bunday ekinlarning navla- rida ommaviy tanlash doimiy o‘tkazib turilmasa, ular ba’zi qimmatli belgilarini tez yo‘qotib yuboradi. Masalan, qandlavlagining ildizmevasidagi qandning miqdori tanlash to‘xtatilishi bilan kama- yib ketadi. Bu hodisaning oldini olish uchun ommaviy tanlashning cheksiz yaxshilab boruvchi xili qo‘llanadi. Ommaviy tanlashning yana bir xili negativ tanlashdir. Bunda nav o‘simliklaridan talabga javob bermaydiganlari ajratib tashlanadi. Bunday tanlash urug‘lik 1 maydonlarda nav va tur tozaligi bo‘yicha o‘toq o‘tkazilganda ham qo‘llanadi. Urug‘chilikda ommaviy tanlash navning morfologik-biologik, xo‘jalik belgi va xususiyatlarini saqlash uchun keng qo‘llaniladi. Seleksiyada ommaviy tanlash ham o‘tkaziladi. Xalq seleksiyasi yetishtirgan barcha mahalliy navlar shu usul yordamida yaratilgan. Ommaviy tanlash yo‘li bilan bug‘doy, arpa, jo‘xori, sholi, beda, sebarga va poliz ekinlarining ko‘p navlari yaratilgan. Ommaviy tanlash chetdan changlanuvchi o‘simliklarda ancha samarali o‘tadi. Ommaviy tanlashning afzalliklari bilan birga, quyidagi kam- chiliklari ham bor. Birinchidan, tanlab olingan eng yaxshi o‘sim- liklarni irsiy imkoniyatlari bo‘yicha bir necha bo‘g‘in davomida o‘rganish imkoniyati yo‘q; ikkinchidan, bunday tanlash tekis dalalarda o‘tkazilmasa, irsiy jihatdan ahamiyatsiz ekinlar keyingi yillarda ko‘payib ketishi mumkin; uchinchidan, tanlab olingan o‘simliklarning urug‘i birlashtirib yuborilganligi uchun ulardagi ayrim qimmatli belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklar yo‘qolib ketadi. Natijada seleksioner o‘zining ixtiyorida bo‘lgan boshlang‘ich materialdan to‘liq foydalana olmaydi. Ommaviy tanlashga xos bu kamchiliklarga yo‘1 qo‘ymaslik uchun seleksiyada yakka tanlash usulidan foydalaniladi. Download 24.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling