Sun’iy tanlash oddiy va metodik tanlashlarga bo‘linadi


Download 24.17 Kb.
bet3/4
Sana08.06.2023
Hajmi24.17 Kb.
#1462603
1   2   3   4
Bog'liq
maruzaaaaaaaa

(F2 dan) bosh- lash kerak degan fikr ko‘proq tarqalgan, chunki bu eng qimmatli shakllarni tez ajratib olish, baholash, jadal ko‘paytirish va nav sinashga taqdim etish imkonini beradi. Biroq, keyingi bo‘g‘inlarda belgilar bo‘yicha ajralish bo‘lib, qaytadan tanlash o‘tkazish zarurati tug‘iladi. Shuning uchun ko‘pchilik seleksionerlar tanlashni duragayning ikkinchi bo‘g‘inida va so‘nggi bo‘g‘inlardan birortasida o‘tkazadilar. Masalan, akademik P. Lukyanenko tanlashni ikkinchi bo‘g‘inda va qaytadan eng yaxshi oilalarning 6—7 bo‘g‘inida o‘tkazgan. Mamlakatimizda o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning juda ko‘pchilik navlari tabiiy va duragay populatsiyalardan yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan.
Yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan navlar, odatda, o‘zlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlarini uzoq avlodlarda ham mustahkam saqlab qoladi, lekin ularning bu barqarorligi nisbiydir. Tabiiy chatishish, mutatsiya va boshqa ta’sirlar natijasida ularning irsiyati o‘zgarib (ajralish bo‘lib) qimmatli shakllar hosil bo‘lishi mumkin. Bunday shakllarni tanlash yanada yaxshiroq navlar yaratishga imkon beradi.
Seleksiyada nav ichida foydali tomonga o‘zgargan o‘simliklarni tanlab olish bilan ham qimmatli navlar yaratiladi. Masalan, kuzgi bug‘doyning «Bezostaya-4» navidan «Bezostaya-1» navi, «No- vomichurinka-83» navidan «Novomichurinka-84» navi, «Odes- skiy-12» navidan «Odesskiy-16» navi, g‘o‘zaning «Toshkent-1» navidan «Qizil Rovot» navi, kartoshkaning «Priyekulskiy» ertagi navidan «Skorospelka-1» navi yaratilgan.
Chetdan changlanuvchi o‘simliklarda yakka tanlash. Chetdan changlanuvchi o‘simliklar doimo chetdan changlanib, belgilari bo‘yicha ajralib turadi. Shuning uchun ularning yangi navlarini bir martali yakka tanlash yo‘li bilan yaratib bo‘lmaydi. Bunday ekinlar seleksiyasida ko‘p martali yakka tanlash keng qo‘llanadi, ya’ni yaxshi (elita) — o‘simliklarni tanlash ko‘zlangan natijaga erishilgungacha davom ettiriladi. Ko‘p martali yakka tanlash cheksiz yakka tanlashga aylanib ketishi ham mumkin. Ko‘pchilik qandli, moyli, efir moyli va dorivor o‘simliklarda cheksiz yakka tanlash o‘tkaziladi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklarda ko‘p martali yakka tanlashni o‘tkazish tartibi quyidagicha (6-rasm). Boshlang‘ich materialdan muhim xocjalik belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan elita o‘simliklar tanlab olinadi. Kelgusi yili ularning urug‘i bocg‘inlar (oilalar) bo‘yicha alohida-alohida qilib seleksiya pitomnigiga ekilib, o‘zaro solishtiriladi va baholanadi. Eng yaxshi elita o'simliklari tanlab olinadi,
yomon o'simliklar va oilalar brak qilinadi. Elita o‘simliklarni tanlash seleksion pitomnikda bir necha yil o‘tkazilgani uchun bunday tanlash ko‘p martali yakka tanlash deb yuritiladi.
Seleksiya pitomnigidan olingan eng yaxshi oilalarning urug‘I birlashtirilib, tanlab navsmash va dastlabki ko‘paytirish uchun foydalaniladi. Shu tartibda keying ishlar ham davom ettiriladi. Tanlovdan o‘tgan yangi navlar davlat nav sinashiga taqdim etiladi, shu bilan birga, urug‘chilik ishlari boshlab yuboriladi. Zarur bo‘lib qolganda yaxshi
oilalardan elita o
csimliklarini tanlash yana davom ettiriladi. Shunday qilib, ko‘p martali
tanlashning mohiyati yaxshi oilalardan eng yaxshi elita o‘simliklarini muntazam qayta-qayta tanlashdan iboratdir. Yakka tanlash uzoq muddat davomida bir yo‘nalishda olib borilganda uning ta’siri yildan yilga kuchayishi mumkin. Populatsiyada kerakli belgi va xususiyatlar bo‘yicha geterozigotalik mavjud bo‘lsa va tanlash mohirlik bilan olib borilsa, bu ish yangi nav yaratilishi bilan yakunlanadi. O‘zidan changlanuvchi vegetativ ko‘payadigan o‘simliklardan tanlab olingan elita o‘simliklar ularning bo‘g‘inlariga qarab juda ishonchli baholanadi. Bu o‘simliklarning navlari faqat yakka bir o‘simlikning irsiyati asosida shakllanadi. Shuning uchun elita o‘simliklarining bo‘g‘inida topilgan kamchiliklar tanlashda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarning oqibati hisoblanadi. Chetdan chang­lanuvchi o‘simliklarning bo‘g‘ini chetdan changlanish natijasida shakllanadi, ya’ni ota-ona shakllar irsiyatining qo‘shilishidan vujudga keladi. Shuning uchun biror elita o‘simlikning bo‘g‘ini biror yomon o‘simlikdan changlanib qolishining oqibati hi­soblanadi. Chetdan changlanuvchi ekinlar seleksiyasida faqat tan- lashni to‘g‘ri o‘tkazishgina emas, balki changlatuvchi ota shakllarni to‘g‘ri tanlash ham katta ahamiyatga ega. Ota o‘simliklari keyingi bo‘g‘inning irsiyatini yomonlashtirmasdan imkoni boricha yaxshilaydigan bo‘lishi lozim. Demak, o‘tkazilgan tanlashni ham onalik, ham otalik o‘simliklari bo‘yicha nazorat qilish kerak. Shuni nazarda tutib chetdan changlanuvchi o‘simliklarning seleksiyasida ko‘p martali yakka tanlashning quyidagi ikki asosiy xili foydala- niladi.

Yakka oilaviy tanlash. Bu usulda har bir tanlab olingan o‘sim- likning urug‘i boshqa tanlab olingan o‘simliklardan izolatsiya qilingan holda ekiladi. Har bir o‘simlik urug‘i ekilgan maydon bir-biridan o‘zaro chetdan changlanib qolmasligini to‘liq ta’min- laydigan darajada uzoq masofada bo‘lishi kerak. Bunda chetdan changlanish faqat bitta o‘simlikning bo‘g‘ini o‘rtasida (oila miqyo- sida) sodir bo‘ladi. Shu sababli, o‘simlikni bir xilligiga, ya’ni tanlash o‘tkazishda ko‘zda tutilgan belgilarning kuchayishi va mustahkamlanishiga tez erishiladi. Bu yakka oilaviy tanlashning asosiy afzalligidir. Ammo bu usuldan foydalanish uzoq muddat davom etsa, ekinlarning hosildorligi pasayib ketishi kuzatiladi, chunki qarindosh chatishtirishning (inbridingning) salbiy ta’siri yuzaga chiqib qoladi (7-rasm).
Oilaviy guruhlab tanlash. Yakka oilaviy tanlashning kamchiligi oilaviy guruhlab tanlash yo‘li bilan bartaraf etiladi. Oilaviy guruhlab tanlash qo‘llanilganda tanlab olingan o‘simliklar guruhlarga ajratiladi. Xo‘jalik-biologik xususiyatlar va morfologik belgilari o‘xshash o‘simliklar bir guruhga kiritiladi. Har bir guruh o‘simlik oilalari, bir-biriga o‘xshash bo‘lishiga qaramay, irsiyati bo‘yicha ozmi-ko‘pmi farqlanuvchi o‘simliklar aralashmasidan iborat bo‘ladi. Guruhlar bir-biridan izolatsiya qilingan tartibida ekiladi, har bir guruh miqyosida oilalar tartibida ekiladi, har bir guruh miqyosida

  1. 9-yillar oilalar ham alohida, lekin yonma-yon ekiladi. Bunda oila guruhlari bir-biridan changlanmaydi, ammo ichida o‘simliklari o‘zaro erkin changlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, chetdan changlanuvchi o‘simliklarda seleksiya ishlari uzoq muddat olib borilganda ham qon-qarindosh chatishishi natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning ta’siri kamayadi (8-rasm).

Chetdan changlanuvchi o‘simliklarda ko‘p martali yakka tanlash o‘tkazishda ota o‘simligining salbiy ta’sirini yo‘qotish maqsadida, urug‘larning yarmini ekish usuli qo‘llanadi. Buning uchun har bir elita o‘simligining urug‘i ikki qismga bo‘linadi. Urug‘ning bir qismi seleksion pitomnikka ekiladi, ikkinchisi esa saqlab qo‘yiladi. Seleksion pitomnikda yetishtirilgan urug‘lardan keyingi yili ekish uchun foydalanilmaydi, chunki ularning qaysi o‘simlikdan changlanganligi noma’lum bo‘ladi. Seleksion pitomnikdan faqat eng yaxshi bo‘g‘inlar belgilab olinadi. Keyingi yili seleksion pitomnikka elita o‘simligi urug‘ining saqlab qo‘yilgan yarmi ekiladi. Ish shu tartibda davom ettiriladi.
Yakka tanlashni uzoq muddat va muntazam olib borish chetdan changlanuvchi o‘simliklar populatsiyasida seleksionerga kerakli yo‘nalishdan keskin olg‘a siljish imkoniyatini beradi. Qandlavlagi, kungaboqar, javdar kabi chetdan changlanuvchi ekinlarning juda ko‘p qimmatli navlari ko‘p martali yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan.

Download 24.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling