Sun’iy tanlash oddiy va metodik tanlashlarga bo‘linadi


Download 24.17 Kb.
bet2/4
Sana08.06.2023
Hajmi24.17 Kb.
#1462603
1   2   3   4
Bog'liq
maruzaaaaaaaa

Yakka tanlash
Bu seleksiyada ommaviy tanlashga nisbatan ancha keng tarqalgan, chunki u quyidagi afzalliklarga ega:

  1. Tanlab olingan o‘simliklar bir-biri bilan birlashtirilmasdan bir necha bo‘g‘inlar davomida alohida-alohida genotip bo‘yicha o‘rganiladi.

  2. Keraksiz belgi va xususiyatli o‘simliklarga qilinadigan mehnat va mablag‘ xarajatlarini tejash imkoniyati tug‘iladi.

  3. Yakka tanlashda olingan o‘simliklar bir necha yillar alohida- alohida o‘rganilganligi sababli, ulardagi qimmatli belgi va xusu- siyatlar kuchayib, mustahkamlanib boradi.

Yakka tanlash nisbatan qisqa muddat ichida (7—8 yilda) yangi nav yaratish imkonini beradi.
Yakka tanlash duragaylar, mahalliy navlar, mutantlar, polip- loidlar va tabiiy populatsiyalar bilan ishlaganda qo‘llaniladi. Bunday tanlash boshlang‘ich materialdan talabga muvofiq eng yaxshi o‘simliklarni tanlab olishdan boshlanadi. Tanlab olingan o‘sim- liklarning soni sharoitga, ekin turiga, seleksiya ishining maqsadiga va seleksionerning imkoniyatlariga qarab, bir necha yuztadan 2—3 mingtagacha bo‘ladi.
O‘simliklar bir necha yillar davomida alohida-alohida ekib o‘rganiladi, sinaladi va baholanadi. Yakka tanlashning asosan, bir martali va ko‘p martali xillari mavjud. Bir martali yakka tanlash o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda o‘tkaziladi (5-rasm).
Bir martali yakka tanlash qo‘llanilganda seleksiya ishi quyida­gicha olib boriladi: birinchi yil boshlang‘ich material pitomnigiga ekilgan o‘simliklardan yangi navga xos belgi va xususiyatlilari tanlab olinadi. Bu o‘simliklarning urug‘i kelgusi yili yakka-yakka tartibda seleksiya pitomnigiga ekiladi va har bir o‘simlikning bo‘g‘ini (liniyasi) raqamlar bilan belgilanib, nav nomini olguncha shu raqamlar bilan ataladi. Birinchi yil seleksiya pitomnigidan tanlab olingan eng yaxshi raqamlar kelgusi yili yana seleksiya pitomnigiga, juda yaxshilari esa nazorat pitomnikka beriladi. Bu pitomniklarda yomon raqamlar brak qilinib, eng mukammallari dastlabki (kichik) nav sinashga, so‘ngra tanlab nav sinashga, mintaqalarda nav sinashga va nihoyat davlat nav sinashiga o‘tkaziladi. Sinash bilan bir vaqtda eng yaxshi raqamlarni dastlabki ko‘paytirish uchastkasiga ekib, ularning urug‘i ko‘paytiriladi hamda urug‘chilik ishlari boshlab yuboriladi.
O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning duragay populatsiya- larida yakka tanlashni o‘tkazish biroz boshqacha bo‘ladi. Bu farq tanlab olingan elita o‘simliklarining bo‘g‘inida belgilar bo‘yicha ajralish hodisasining ro‘y berishidan kelib chiqadi. Yakka tanlashni duragaylarning nechanchi bo‘g‘inidan boshlash lozimligi to‘g‘ri- sidagi masala juda muhimdir. Tanlashni duragaylaming ikkinchi bo‘g‘inidan
Download 24.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling