Eritmalar, filtrlar, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash.
Sun’iy urug’lantirish punktida 1 - 3%-li natriy bikarbonat, 1,5%-li kalsiylantirilgan kir yuvish sodasi, 3%-li kir yuvish poroshogi, 0,9 va 3%-li natriy xlorid, 2,9%-li natriy sitrat, 1:5000 nisbatli furasillin, 3%-li vodorod peroksid eritmasi, xromli qorishma (xrompik), konsentrlangan sulfat kislotasi, 5%-li yeozin eritmasi, 96 va 70%-li spirt rektifikat hamda distillangan suv bo’lishi kerak
1%-li natriy gidrokarbonat eritmasini tayyorlash. Eritmani har kuni ish bolashdan oldin tayyorlash lozim. Oldin distillangan suv qaynatilib, uni 40 gradusgacha sovitiladi, kerakli miqdorda har 1000 ml suv hisobiga 10 g kimyoviy toza natriy gidrokarbonat (natriy bikarbonat yoki ichimlik sodasi) olinib, eritma tayyorlanadi. Natriy gidrokarbonat eritmasi urug’ni baholashda va asboblarni yuvishda ishlatiladi. Bu eritmani 60 gradusdan yuqori darajada isitish mumkin emas, chunki u parchalanadi va urug’ni baholash asboblarni yuvishda yaroqsiz bo’lib qoladi.
Eritmani +60°S dan yuqori darajada qizdirish mumkin emas, aks holda parchalanish yuz beradi va spermatozoidlarning o’lishiga sabab bo’ladi. Natriy gidrokarbonatning 3%-li eritmasini tayyorlash uchun harorati 40°S bo’lgan 1 litr suvga 30 g qo’shiladi. Eritma sirli idishda tayyorlab, ishlatilgan asbob va shisha idishlar, sun’iy qin hamda Erkak hayvonlar prepusiyasidagi qoldiq vazelinni yuvish uchun ishlatiladi. Shu maqsadda kir yuvish sodalarining 3%-li eritmasidan foydalanish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |