Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Natriy xloridning 0,9%-li eritmasini tayyorlash


Download 198.77 Kb.
bet7/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Natriy xloridning 0,9%-li eritmasini tayyorlash. Apteka tarozilarida 9 g kimyoviy toza natriy xlorid tortib olinib, sterillangan kolbaga solinadi va ustiga 1 l distillangan suv quyiladi. Keyin kolba og’zi tiqin bilan berkitilib, suyuqlik qaynash darajasigacha qizdiriladi. Agar natriy xlorid 0,9 g tabletka shaklida bo’lsa, u vaqtda 1 l distillangan suvga 10 dona tabletka solinadi. Distillangan suv bo’lmagan taqdirda ichimlik suvi, yomg’ir suvi yoki qor suvi olinadi va ikki marotaba qaynatilib, filtrlanadi. Natriy xloridning 0,9%-li eritmasi og’zi mahkam yopiladigan shisha bankalarga solib, yangi tayyorlangan holda (saqlash muddati 1 sutkadan oshmasligi kerak) qo’llaniladi.

Natriy xloridning 0,9%-li eritmasi idish va asboblarni qaynatib, sterilizasiya qilinganidan so’ng, shpris kateterlar va urug’yig’gichlarni spirt bilan yuqumsizlantirilgandan so’ng chayqash va qin oynasini qinga yuborishdan oldin namlash uchun ishlatiladi.




Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling