Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Download 198.77 Kb.
bet15/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Doka salfetkalarni tayyorlash. Doka 20x30, 30x30, yoki 40x40 sm kattalikda kesiladi. Ular dazmol yordamida yuqumsizlantiriladi. To’rt buklangan doka salfetkalari shisha idishlarga joylashtiriladi va og’zi mahkam yopiladi. Doka salfetkalar asbob-uskunalar yuzasidan suv tomchilarini olishda, buyum va qoplag’ich oynalarni artishda ishlatiladi.

Idish va asboblarni tayyorlash va zararsizlantirish. Spermaning ifloslanmasligi va urg’ochi hayvonlar jinsiy a’zolariga atrofdan turli xildagi mikrofloralar tushmasligi hamda hayvonlar urug’lantirilganda yuqadigan jinsiy kasalliklarning oldini olish uchun sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan idish va asbob - uskunalar toza va zararsizlantirilgan bo’lishi lozim.

Zararsizlantirishning (sterillash) quyidagi usullari qo’llaniladi:



  1. Termik usul:

a) bosim ostidagi bug’ bilan (avtoklavda);

b) issiq havo yoki quruq issiqlik bilan (quritish shkaflari, Paster pechkasi);

v) qaynatish usuli (sterilizatorda);

g) tutamaydigan alanga bilan kuydirish (flambirlash);

d) ketma-ket sterillash usuli (tindalizasiya, pasterizasiya);

ye) dazmollash usuli.

2. Kimyoviy usullar:

a). 96%-li spirt yordamida;

b) 70%-li spirt yordamida;

v) furasillinning 1:5000, furazolidonning 1:10000 nisbatdagi, vodorod peroksidning 3%-li eritmasi va boshqa zararsizlantiruvchi eritmalar yordamida;

g) antibiotiklar va sulfanilamidlarni qo’llash yordamida.

3. Sovuq usul:

a) ultrabinafsha nurlar yordamida.

Sun’iy urug’lantirish stansiyasi va punktlarida ularning qanday uskuna va jihozlar bilan jihozlanganligiga qarab tegishli zararsizlantirish usullari tanlanadi.

Yangi shisha idishlar avval sovun bilan vodoprovod suvida machalka-shyotka yoki korsangga o’ralgan doka, prolon yordamida maxsus yuvish vositalari bilan yuviladi. Keyin oqar suvda, so’ng distillangan suv bilan bir necha marta chayqab tozalanadi va quritiladi.

Oldin foydalanilgan shisha idishlar ishlatilgandan keyin darhol 1-3%-li choy yoki kir sodasi, yuvish vositalarining 3%-li eritmasi bilan yuvilib, distillangan suvda chayqatilgach, quritiladi.

Tovuq tuxumi sarig’i va tarkibida tuxum sarig’i saqlovchi suyuqlik yoki sperma bilan ifloslangan idishlar 24 soat davomida xromli aralashmada saqlangach, machalka-shyotka yordamida bir necha marta oqar suv bilan yuviladi. Bir necha marta distillangan suv bilan chayqalib, yog’och qoziqli taxtada quritiladi.

O’lchov idishlari distillangan suv bilan chayqab quritiladi. Buyum va yopqich shishalar iliq suv bilan yuviladi va doka salfetkalar bilan artilib quritiladi.

Metal asboblar choy sodasining 3%-li eritmasi bilan, keyin qaynatilgan iliq suv bilan yuvilib, toza sochiq yoki doka salfetka bilan artib quritiladi. Idishlar, asbob-uskunalar avtoklavda, qaynatish, quruq issiqlik, flambirlash va spirt yordamida ham zararsizlantiriladi.


Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling