Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Download 198.77 Kb.
bet16/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Avtoklavda zararsizlantirish. Xalat, doka salfetka va niqoblar, ro’molchalar, qalpoqchalar, sochiqlar, fartuklar, paxta va metalldan tayyorlangan idish va asboblar 1-1,5 atm. bosimi ostida, +121-128°S haroratda 30 daqiqa davomida, sun’iy qinlar esa 0,3-0,4 atm. bosimi ostida, +105°S haroratda 20 daqiqa davomida zararsizlantiriladi. Cho’chqalarni sun’iy urug’lantirish uchun ishlatiladigan poliyetilen asboblar +1030S haroratda 10-15 daqiqa davomida zararsizlantiriladi.

Qaynatish yo’li bilan zararsizlantirish. Bu usul bilan shisha idishlar, qin oynasi, sigir va g’unojinlarni urug’lantirishda ishlatiladigan birlashtiruvchi muftali, hajmi 2 ml bo’lgan kapron shprislar zararsizlantiriladi.

Zararsizlantirishdan keyin shpris-katetrlarning porsheni chiqarib olinadi. Slindr porshenidan alohida holda doka bilan o’rab qo’yiladi. Har qaysi porshen o’zining slindriga moslashtirilgan bo’lib, boshqasi bilan almashtirish mumkin emas. O’lchov idishlar, bankalar, sperma qabul qilgichlar bir qavat paxta yoki doka bilan o’raladi.

Sterilizatorning tubiga bir qavat doka yoki paxta solinib, ustiga щpris, o’lchov idishlari, bonkalar, sperma qabul qilgichlar joylashtiriladi, uning uchdan ikki qismi suv bilan to’lg’aziladi va qopqog’i yopilib 20 daqiqa davomida qaynatiladi. Sovitilgandan keyin asbob va idishlar zararsizlantirilgan penset yordamida olinib, qoldiq suv tomchilari zararsizlantirilgan doka salfetka bilan yoki 1%-li choy sodasi, 0,9%-li natriy xlorid eritmalari bilan yuvilib ketkaziladi. Shpris zararsizlantirilgan qog’oz yoki doka salfetkalarga o’ralib, sklyankalarning og’zi qog’oz qalpoqchalar bilan yopiladi, sperma qabul qilgich va bonkalarning qopqog’i yopib qo’yiladi.

Qin oynasi, pinset va qaychilarni qaynab turgan suvga solish maqsadga muvofiqdir, aks holda ularning sirti zanglaydi.

Katta asboblarni sterilizatorga solishning imkoni bo’lmasa, unda asbobning ustidan 5 daqiqa davomida har tomonlama qaynoq suv quyib zararsizlantiriladi.

Quruq issiqlik bilan zararsizlantirishda elektr quritish asbobi ishlatiladi. Quritish shkafiga yuvilib quritilgan sperma qabul qilgichlar, idish va shpres katetrlar joylashtirilib, uning harorati +160-1800S gacha ko’tariladi va 45 daqiqa davomida shu haroratda saqlanadi. Shkafdagi asboblar sovigandan keyin ishlatiladi.



Flambirlash (alangada kuydirish) usuli bilan zararsizlantirishda yuvilgan va quritilgan qin oynalari, sperma qabul qilgichlar, 100 ml hajmli bonkachalar, shisha tayoqchalar, qaychi, pinset va asboblarning tagliklari zararsizlantiriladi.

Flambirlab zararsizlantirish uchun idish va asboblar kavsharlovchi lampa, spirt yoki gaz alangasi, primos, yonib turgan spirtli tampon yoki spirtning alangasi ustidan bir necha marta o’tkaziladi. Avval 15-20 sm balandlikda, keyin alangaga yaqinlashtirilib har tomondan bir xilda kuydiriladi.




Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling