Distillangan suv. Sperma bilan ishlashda (idish va asboblarni yuvish, har xil eritmalar va spermani suyultirsh muhtlarini tayyorlash) qo’llaniladigan eritmalarning barchasi distillangan suvda tayyoranishi lozim. Distillangan suv oddiy suvni distilyatorda (D-1) haydash yo’li bilan olinadi. Butillarga birinchi olingan distillangan suv hali toza emasligi uchun ishlatilmaydi. Suvda rN 5 dan past bo’lmasligi, ya’ni neytral muhitga ega bo’lishi kerak.
Distillangan suv bo’lmagan holda eritmalarni tayyorlash uchun ikki marta qaynatilgan va filtrlangan ichimlik, yomg’ir va qor suvidan ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |