Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Hayvonlar va parrandalarda spermaning hajmi


Download 198.77 Kb.
bet21/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Hayvonlar va parrandalarda spermaning hajmi. 3-jadval.


Hayvon turi

Spermaning hajmi, ml

o’rtacha

maksimum

Quchqor

1-1,5

3

Buqa

3-5

15

Ayg’ir

50-100

200

Erkak cho’chqa

250-400

1000

Quyon

0,5

2

It

2-10

18

Tuya

60

150

Xo’roz

0,3-0,5

1

Kurka

0,2-0,4

0,8

G’oz

0,2-0,4

1,8

Spermaning hajmi ko’rsatilgan o’rtacha hajmdan kam bo’lsa urug’lantirish uchun yaroqsiz hisoblanadi va uning sabablari aniqlanadi.



Spermaning rangi yaxshi yorug’likda aniqlanadi. Buqalarning spermasi oq-sarg’ich, quchqorlarniki undan ham sarg’ichroq rangda bo’ladi. Ayg’ir va Erkak cho’chqalarning spermasi oq-kulrang bo’ladi. Spermaning qizg’ich rangda bo’lishi unga qon aralashganligi, yashil rangda bo’lishi yiring, sariq rangda bo’lishi esa siydik aralashganligidan dalolat beradi. Bunday spermalar urug’lantirish uchun yaroqsiz hisoblanadi va nasldor hayvonlar davolanadi va sog’ayguncha ishlatilmaydi.

Spermaning hidi. Odatda sperma hidsiz bo’ladi. Qo’chqorlarning spermasidan ter-yog’ hidi (kuchsiz sarimsoq hidi), buqa spermasi yangi sog’ilgan sigir suti hidiga ega bo’lishi mumkin. Chirigan va ammiak (siydik) hidiga ega bo’lgan sperma ishlatish uchun yaroqsiz hisoblanadi.

Spermaning konsistensiyasi quchqorlarda qaymoqsimon, buqalarda - suyuq qaymoqsimon, ayg’ir va Erkak cho’chqalarda esa suyuq (suvsimon) bo’ladi.

Sperma ifloslangan, qizg’ich rangda (qon aralashgan), ko’kimtir yoki yashilroq (yiring aralashgan), sarg’imtir va yoqimsiz hidga ega (siydik aralashgan) hamda tarkibida ivimalar bo’lganda ishlatish uchun yaroqsiz deb topiladi. Bunday sperma beradigan nasldor hayvonlar klinik va laborator tekririshlardan o’tkazilib, kerakli davolash tadbirlari o’tkaziladi.




Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling