Spirt yordamida zararsizlantirish. Suniy urug’lantirish punktlarida shpris-katetrlar va sperma qabul qilgichlarni zarasizlantirish uchun 70%-li spirt rektifikatdan foydalanish mumkin. Zarasizlantirib bo’lgandan so’ng spirt qoldiqlari 5-6 marta choy sodasining 1%-li, natriy xloridning 0,9%-li yoki natriy sitratning 2,9%-li eritmasi bilan yuvib tozalanadi.
Pinset, shisha tayoqcha va termometrlar 96%-li spirt shimdirilgan tamponlar bilan zararsizlantiriladi. Ammo spirt bilan zararsizlantirishga nisbatan qaynatib yoki quruq issiqlik yordamida sterillash ishonchliroq hisoblanadi.
Ul’trabinafsha nurlar yordamida zararsizlantirish usuli qo’lqoplar, ampulalar va poliyetilen yoki polisteroldan tayyorlangan boshqa asboblarni zararsizlantirishda qo’llaniladi. Buning uchun bir qavat qilib yoyilgan asboblar 60-80 daqiqa davomida 20-40 sm balandlikda BUV-15, BUV-30 yoki PRK-2 kabi bakterisid lampalar bilan nurlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |