Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Spermatozoidlarning kimyoviy tarkibi


Download 198.77 Kb.
bet25/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Spermatozoidlarning kimyoviy tarkibi. Hayvonlarning spermatozoidlari o’rtacha 75% suv va 25% quruq moddadan iborat. Quruq moddada oqsillar 85% ni, lipidlar (yog’ va yog’simon moddalar) 13,2% va mineral moddalar 1,8% ni tashkil yetadi.

Spermatozoidning oqsili tarkibida juda ko’p aminokislotalar mavjud. Spermatozoidlar urug’ zardobiga qaraganda aminokislotalarga boy hisoblanadi. Masalan, spermatozoid tarkibida arginin aminokislotasi 20-23% bo’lsa, urug’ zardobida 7,9 ni tashkil qiladi (quruq modda hisobida).

Spermatozoidlarning turli qismlarida kimyoviy moddalar miqdori bir xilda bo’lmaydi. Masalan, uning bosh qismi murakkab oqsil nukleoproteidlardan tuzilgan. Uning tarkibiga - RNK (ribonuklein kislotasi), DNK (dezoksiribonuklein kislotasi) kiradi. Bular tarkibida ko’p miqdorda azot va fosfor bo’ladi. Bundan tashqari spermatozoidlarning bosh qismida qisman oddiy oqsil (giston), lesitin va tuzlar bo’ladi. Spermatozoidning bo’yin va tana qismida nuklein kislotalari kam miqdorda, dum qismida asosan oddiy oqsil va lipidlar bo’ladi.

Spermatozoidning hamma qismida oltingugurt bo’ladi, uning miqdori 1,5% gacha boradi. Oltingugurt turli aminokislotalar tarkibiga kiradi, ayniqsa, sistin va mitionin tarkibida ko’p bo’ladi.

Normal spermatozoidlarning hosil bo’lishi uchun nasldor hayvonlar rasioniga oqsilga boy, tarkibida azot va fosfor saqlaydigan oziqalarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’simlik oziqalari tarkibida barcha kerakli aminokislotalar bo’lmaydi, shuning uchun ularga hayvonot mahsulotlaridan (baliq uni, go’sht uni, go’sht-suyak uni, qon uni, tovuq tuxumi, tvorog va boshqa) olinadigan oziqalar qo’shilishi yaxshi natija beradi.


Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling