Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja
Download 198.77 Kb.
|
Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spermaning kimyoviy tarkibi
Urug’ning solishtirma og’irligi - spermatozoidlarning konsentrasiyasiga bog’liq bo’ladi. Spermatozoidlarning solishtirma og’irligi urug’ zardobining solishtirma og’irligiga nisbatan katta bo’ladi. U buqalarda 1,280-1,334 ga teng bo’lib, organizmdagi boshqa hujayralarning solishtirma og’irligiga nisbatan ancha katta (yeritrositlarning solishtirma og’irligi 1,1) bo’ladi.
Spermaning kimyoviy tarkibi - qo’shimcha jinsiy bezlarning suyuqligi va spermatozoidlarning tarkibiga bog’liq bo’ladi. Urug’ning 85-98 foizini suv va 2-15 foizini quruq modda tashkil qiladi. Urug’ tarkibida oqsillar (al’bumin, globulin, fibrinogen va fibrin), yog’lar, qand, limon va sut kislotasi, mochevina, turli xil tuzlar, fermentlar, vitaminlar bo’ladi. Urug’donda ko’p miqdorda natriy, kaliy va kalsiy, bundan tashqari, fosfor, oltingugurt, rux, mis, temir va boshqa makro- va mikroyelementlar bo’ladi. Spermaning muhim tarkibiy qismini qand tashkil yetib, fruktoza, oz miqdorda glyukoza, galaktoza, arabinoza, riboza, fosforli yefirlar va fruktoza va biroz pentozalar shaklida bo’ladi. Urug’ tarkibidagi uglevodlar pufakchasimon bezlar tomonidan, bu bezlar bo’lmagan hayvonlarda esa prostata bezlari tomonidan ishlab chiqariladi. Pufakchasimon bezlar fruktozani limon kislotasi singari jinsiy gormonlar ta’sirida ishlab chiqaradi. Urug’dagi qand moddasining miqdori hayvonning zoti va uning oziqlanishiga bog’liq. Sperma tarkibida askorbin kislotasi, A vitamini, V1 (tiamin), V2 vitamini (riboflavin), pentogen va nikotin kislotalari topilgan. Urug’ tarkibida spermatozoidlarga xos biokimyoviy jarayonlarda ishtirok yetuvchi turli fermentlar mavjud. Bularga amilaza, lipaza, fenoloksidaza, peroksidaza, katalaza, tripsin, karboksilaza, sitoxromidaza, sitoxrom, degidrogenaza, adenozintrifosfat va boshqalar kiradi. Spermatozoidlar, shuningdek, turli gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormonlarga antifertilizin kiradi. Bu gormon spermatozoidlarni tuxum hujayra ishlab chiqaradigan fertilizin gormonidan himoya qiladi. I.I.Sokolovskaya ayrim hayvonlarning urug’ zardobi tarkibida musinaza fermenti borligini aniqlagan. Musinaza fermenti bachadon bo’yinchasidagi quyuq massa - musinlarni suyultirish vazifasini bajaradi. Bu ferment quyon prostata bezi suyuqligi tarkibida ko’p uchraydi. Prostata bezi suyuqliklari tarkibida aminokislotalar, tuzlar, fermentlardan tashqari prostaglandin va vazoglandinlar ham mavjud, ular bachadon, ichaklarni qisqartiradi va qon-tomir devorlarini toraytiradi, bundan tashqari, uning tarkibida antigglyutin bo’ladi, u spermiylarni agglyutinasiyadan (yopishib qolishdan) saqlaydi.
Download 198.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling